Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet138/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 


 
www.herald.uz
 
79 
ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVINI
TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI 
Mamaziyayeva Mahliyo
 
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 11
DOI: https://doi.org/10.54613/001211 
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish usullari, mamlakatimizda soha 
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tub islohotlar, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, zamonaviy boshqaruv element va 
vositalari o‘rganilib, soha faoliyatidagi muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish usullari 
hamda ilg‘or xorij tajribasidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari tatqiq etilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
korpotativ boshqaruv, rahbar shaxs 
psixologiyasi, 
HR 
menejmenti, 
xodimlarni rag‘batlantirish, KPI tizimi, 
boshqaruv usullari.
 
 
 
 
 
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-
yillarga 
moʻljallangan 
yangi 
Oʻzbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida”gi dasturida maktabgacha ta’lim tizimini 
tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini yanada rivojlantirish, 
maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan 
kamida 80 foizga yetkazish, 2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni 
maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 
foizga, 2024-2025-oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish, 
maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish 
orqali 7000 dan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarini tashkil etish
1
, va bu borada yangicha boshqaruv 
mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, 
shuningdek, soha faoliyatini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlar olib 
borish kabi vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarning muhimligi 
mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini namoyon etadi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini 
yangi bosqichga olib chiqish, bogʻcha xodimlarining professional 
tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan 
tizimi bo‘yicha 2022-2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog 
kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha taʼlim-tarbiya 
jarayonlarini 
ilmiy 
asoslangan 
yondashuvlar 
asosida 
takomillashtirish, 
maktabgacha 
taʼlim 
tizimida 
byudjet 
mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, 
moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun 
zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali 
davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini, moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan 
ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari 
va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni ma’naviy-estetik, 
jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini 
tubdan yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, maktabgacha ta’lim 
tizimi boshqaruvini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb 
vazifasi hisoblanadi.
Shu maqsadda, 2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 
“Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi 
faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy 
nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
2
qarorga 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-
60-son Farmoni.
2 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 129-son qarori. 
www.lex.uz
muvofiq 10 maydan boshlab “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va 
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini respublika miqyosida 
joriy qilishi ham maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruviga o‘ziga xos 
talablar qo‘yadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya jarayonlari va 
xodimlarni toʻgʻri boshqarish tashkilot rahbaridan juda katta 
masʼuliyat talab qiladi. Shuning uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
direktorlik lavozimiga maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan 
oliy ma’lumotga ega va 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega 
bo‘lgan pedagog tayinlanadi. U maktabgacha ta’lim tashkilotida 
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, maktabgacha ta’lim tashkiloti 
kengashi faoliyatini yuritish, kadrlarning kasb va umumiy ta’lim 
mahoratini, madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishi, 
maktabgacha ta’lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni 
tartibli va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida
3
” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-
sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada 
kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini 
yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida 
maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish 
ko‘zda tutilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling