Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Boshqaruv izchillik bilan jamiyat-davlat xarakterini kasb 
etmoqda. U yoki bu tipdagi ta’lim muassasasini boshqarish 
qonuniyatlaridan foydalanish amaliyotda alohida xarakterga ega. 
Biroq menejmentda yо‘nalganlik, tizimlilik, demokratiyaga 
asoslanganlik kabi umumiy xossalari, shuningdek, boshqarish 
maqsadida aynan bir xil boshqaruv amallarini (rejalashtirish, 
tashkil qilish, rahbarlik, nazorat) bajarish zarurati barcha tipdagi 
ta’lim muassasasi uchun umumiy sanaladi. Aynan boshqaruvda 
xarakatlarni 
integratsiyalash 
boshqariladigan 
tizimlarning 
yaxlitligini, bu bilan ta’lim tizimlarining tiklanishi, normal faoliyat 
kо‘rsatishi va progressiv rivojlanishiga asosiy hissa qо‘shishi 
nazarda tutiladi. Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv 
qonuniyatlarini aniqlab, struktura va jarayonga maqsadli ta’sir 
kо‘rsatish uchun uning tegishli tur va metodlarini tanlaydi. Ta’lim 
muassasasini samarali boshqarish uchun direktor boshqaruvning 
moslashish, dasturiy tartibga solish, kuzatish, о‘zini-о‘zi 
boshqarish kabi turlarini yaxshi bilishi va ularning dinamikasini 
ta’minlay olishi talab qilinadi.  
Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqarish modellari 
(tizimlari)ni tahlil qilib, ularning qator kamchiliklarini kо‘rsatish 
mumkin: 

bu tizimlar tо‘lig‘icha ta’lim oluvchi shaxsiga, uning 
rivojlanishiga qaratilmagan;

ta’lim sifatini yaxshi nazorat qilmaydi; 

tizimlar 
haddan 
ziyod 
markazlashgan 
(direktor 
о‘rinbosarlari va tuzilmaviy bо‘linma rahbarlari darajasida 
mustaqillik yetishmaydi); 

pedagogik jamoa rivojlanishiga u qadar kо‘maklashmaydi; 

tizimlar samarali pedagogik texnologiyalar rivojini 
ta’minlamaydi; 

ta’lim muassasasi ichki va tashqi muhitdagi tezkor 
о‘zgarishlarga moslasha olmaydi. 
Zamonaviy sharoitda boshqaruv qator xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi: boshqaruvda mehnatni alohida elementlarga asta-
sekin bо‘lish, differensiatsiyalash jarayonlari kechmoqda. 
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tubdan о‘zgarmoqda. 
Boshqaruvni desentralizatsiyalash о‘zini о‘zi boshqarish 
organlarining roli, ular rahbarlarining mustaqilligi ortib bormoqda. 
Ta’limda 
boshqaruv 
deganda, 
boshqaruvchi 
va 
boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan va bir maqsadga 
yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling