Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet143/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqarishning barcha 
bo‘linmalarida rejali, muntazam, ratsional hamda samarali 
ishlashni 
ta’minlovchi 
muhim 
funksiyalar 
belgilangan. 
Rejalashtirish murakkab analitik jarayon bo‘lib, maktabgacha 
ta’lim boshqaruvining menejment faoliyatida asosiy rol o‘ynaydi. 
Menejment so‘zi boshqaruv turiga rahbarlik qilish, tartibga solish 
ma’nolarini anglatadi. Menejment ko‘zlagan maqsadlarga erishish 
uchun faoliyatni, ya’ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyati 
hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalarini ko‘rib chiqadi. 
L.Fishman, “Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil 
etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, 
pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi”, - degan fikrlarni aytib 
o‘tgan. 
Boshqaruv – bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish 
maqsadida uning sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir 
etishdir. Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va 
rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment 
amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G. Ford, G. Emerson, 
A.Fayol kabilar katta hissa qo‘shganlar.
Frederik Uinslou Teylor 
mehnat 
va 
asoschisi bo‘lib, 1895-
yildan boshlab mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha dunyoga 
mashhur tadqiqotini boshladi. Uning fikriga ko‘ra, “Korxona 
rahbariyatining asosiy vazifasi korxonada ishlaydigan har bir 
ishchi uchun maksimal farovonlik bilan birga tadbirkor uchun 
maksimal foydani ta’minlash kerak
O‘z davrida Anri Fayol “Ta’lim boshqaruvi bu – holatni 
ko‘rish, kelajakni o‘rganish”, - deb ta’kidlagan edi. Bu o‘rganishlar 
va tajribalardan kelib chiqqan holda, natijalardan ma’lumki, 
o‘tkazilgan so‘rovnomalarda, maktabgacha ta’lim tizimidagi 
barcha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va dasturlar bilan 
tanishish, pedagog-tarbiyachilarning ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi 
faoliyatini muntazam nazorat qilish, o‘quv-seminarlar tashkil 
qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan o‘zaro 
hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari ish faoliyatini o‘rganish, ochiq mashg‘ulotlarga 
kuzatish va xodimlarni rag‘batlantirish, maktabgacha ta’lim tizimi 
boshqaruvini takomillashtirish masalalari muhokama va tahlil 
qilingan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling