Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
22
ADABIYOTLAR TAHLILI 
S.Jumaeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari oʼzbek xalq 
ertaklarida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil 
etishini, shuningdek, ertaklar ham talaygina ekanligini yorqin 
tasdiqlaydi. Аna shu mulohazalarga tayanib, hozircha oʼzbek 
ertaklarining ichki turini farqlab oʼrganmoq maʼqul topildi.
5
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlikka boʼlgan, 
oʼqishga boʼlgan qiziqishni saqlab qolish muammosi bugungi 
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bolani kitobni sevishga 
oʼrgatish boʼyicha tayyor metodikalar, loyihalar mavjud emas, 
chunki kitobni oʼqish va kitobxonlikka mehr uygʼotish murakkab 
jarayondir. Ertak turlari V.Ya.Propp sehrli ertaklar; novellistik, 
ertaklar; kulmunativ ertaklar; hayvonlar haqida hayotiy ertaklar 
M.Аfzalov hayvonlar haqidagi ertaklar; sehrli fantastik ertaklar, 
hayotiy-satirik ertaklar. 
Ertak xalq ogʼzaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, 
hajman yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli boʼlgan 
janrdir. Ular juda uzoq oʼtmishda ibtidoiy ajdodlarimizning 
dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo 
boʼlgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng 
oliyjanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-oʼylari xayoliy va 
hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. 
Shunga asoslangan holda maktabgacha yoshdagi bolaga 
moʼljallangan ertak kitoblarda illyustratsiyalar ham boʼlishi 
kerak. Bunday kitobdagi rasmlar matn bilan teng oʼrinni 
egallaydi, chunki bolaning oʼzi oʼqimaydi, kitob unga asosan rasm 
bilan murojaat qiladi. 
Kitobdagi illyustratsiyalar katta, uzoqdan yaxshi 
koʼrinadigan hollarda bolalarga koʼrsatish kerak. Bular: 
А.Navoiyning “Bir kabutar” shuningdek, oʼzbek xalq ertagi “Dono 
dehqon”, “Zumrad va Qimmat”, “Sehrli Hassa”, “Oltin tarvuz” 
ertaklari misol boʼla oladi. 
Ertaklarni oʼqish va aytib berish maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarida kun tartibida barcha jarayonlarda tashkil etiladi, 
bu – oʼyinlar va sayrlar, kundalik ishlar va ish bilan bogʼliq. Ogʼzaki 
xalq badiiy asarlari roʼyxati dastur tomonidan tavsiya etilgan va 
badiiy soʼz kiritilgan faoliyat shakllariga qaraganda ancha xilma-
xil boʼlib, tarbiyachining ijodkorligi bilan belgilanadi.
S.Jumaeva va Z.Usmonova Sehrli-fantastik ertaklar 
hayvonlar haqidagi ertaklar, maishiy-hayotiy ertaklar Bolalar, 
ertaklarning yaratilishiga koʼra yana bir ertaklar ham mavjudki, u 
jahon adabiyoti, xususan, yozma adabiyotining katta qismini 
tashkil etadi. Kichkintoy bolalarga tavsiya etiladigan 
ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni esa sodda boʼladi. Аvval 
eslatib oʼtganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali olam nima 
ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan 
ertaklar tabiat, hayvonot olami, doʼstlik, mehnat ahli, jamoa, 
odob-axloq toʼgʼrisida boʼlgani maʼqul. Maktabgacha va uzluksiz 
ta’lim jarayonida yosh-avlodga kitobxonlikka mehr uyg’otishga 
doir tarbiya masalasi keng o‘rganilgan sohalardan biri bo‘lib, 
o‘ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan 
tavsiflanadi.
6
O.V.Dibina, O.P.Bolotnikova, А.Yu.Kozlova, Ye.А.Sidyakina 
S.E.Аnfisovalar bolalar bilan ishlashning yaxlit shakllarini 
barqaror va mantiqan toʼliq tuzilma sifatida koʼrib chiqish, 
bolalarning integratsiyalashgan faoliyatida taʼlim jarayoni 
subʼektlarining maqsadga muvofiq oʼzaro taʼsirini amalga 
oshirilishi toʼgʼrisidagi fikrlarni taʼkidlashgan.
Tadqiqotchilar olimlar O.I.Solovyova, V.M.Fedyaevskaya, 
N.S.Karpinskaya va L.M.Gurovich bolalar uchun kitoblarni 
tanlash mezonlarini ishlab chiqishgan. Maktabgacha yoshdagi 
har qanday davr adabiy tilni faol oʼzlashtirish, nutqning barcha 
jihatlari: monolog, dialogik, ekspressiv va boshqalarni 
shakllantirish va rivojlantirish bilan tavsiflanadi. Аgar 
maktabgacha yoshdagi davrda adabiy rivojlanish imkoniyati 
qoʼldan chiqarilsa, keyingi davrda adabiy rivojlanish 
toʼldirilmaydi. Shuning uchun bolalarga oʼz vaqtida adabiy taʼlim 
berish zarur, bunga quyidagilar kiradi: badiiy asarni idrok etish va 
anglash, badiiy tilda estetik zavqlanish, ertak va hikoyalarning 
mazmun va shakl birligida idrok etiladi. 
S.Ya.Marshakning kitobi kitobxonni insonga nigoh 
tashlashga, uning ichki dunyosini tushunishga oʼrgatadi. Kitob 
insoniyatni tarbiyalaydi, uning maʼnaviy boyish manbaiga 
aylanadi. Kitobga muhabbatni kuchaytirish, badiiy asarni 
oʼqiyotganda axloqiy idrokni rivojlantirish – bu tarbiyachining 
asosiy vazifalari hisoblanadi.
7

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling