Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Birinchi bosqichda bolalarlarning bilim darajasi, 
qobiliyatini aniqlash bo‘yicha anketa-so‘rovnomalar o‘tkazish va 
uni tahlil qilish. 
Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichda o‘tkazilgan 
so‘rovnoma natijasiga asosan keng qamrovli (pedagoglar, ota-
onalar va tiflopedagoglar, surdopedagoglar) monitoring 
o‘tkazish. 
Uchinchi bosqichda olingan ma’lumotlar tahlilini o‘rganib 
chiqish va uning natijalari yuzasidan rahbariyatga yozma 
ravishda ma'lumot berish, pedagogik kengashga muhokamaga 
olib chiqish. 
To‘rtinchi bosqichda monitoring natijasi asosida olingan 
ma’lumotlar va kelgusida ta’limiy-tarbiyaviy va korreksion-
2 М.Р. Xamidova, M.Y. Ayupova “Maktabgacha tarbiya maxsus 
metodikasi” 2021 y. 
Taʼlim-tarbiya berishga oid masalalarni hal etish
va ularning monitoringini olib borish;
O‘ziga xos bo‘lgan taʼlim dasturiga muvofiq
o‘qitishni taʼminlash;
Kutilayotgan
natija
bolalar
erishayotgan
yutuqlardan
farq
qilsa,
dastur
qismlarini
moslashtirish;
Sog‘lom va maxsus yordamga muhtoj bolalar
bilan ishlashni bilish;
Bolalarni taʼlim-tarbiya jarayonida ruhan qo‘llab-
quvvatlash.
Mahalla
Pedagoglar
Oddiy va 
AEB
Mutasaddilar
TPPK
MTB va MTB
Sog‘liqni saqlash 
vazirligi
Nodavlat va 
notijorat 
tashkilotlari
Ota-ona


 
www.herald.uz
 
34
pedagogik ishlarni har bir AEBlarning imkoniyatidan kelib chiqib, 
ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishga tavsiyalar berish. 
Psixologik monitoring bolalarni shaxsiy xususiyatlari, 
ta’lim-tarbiya faoliyatining natijalari, bolalarning individual 
imkoniyatlari, qobiliyati, rivojlanish dinamikasi, o‘quv jarayonida 
mavjud bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash hamda shu asosda har 
bir AEB bilan individual shug‘ullanishni samarali amalga 
oshirilishda yordam beradi. Umumiy MTTlarida ta’lim-tarbiya 
olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan 
qoֹ‘shimcha korreksion rivojlantiruvchi ishlarning samaradorligi 
aynan bu toifadagi bolalarni ta’lim jarayoni va turli tadbirlarda 
(sport musobaqalari, san’at, musiqa, mehnat, kompyuter 
musobaqalari va til o‘rganishda) ishtirok etishida inklyuziv 
ta’limning o‘rni beqiyosdir. 
Bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashishi hamda 
ularga o‘rgatilgan bilimlarni amalda qo‘llashlari uchun jamoalar 
umumiy muhit hisoblanadi. Jamoa a’zolariga quyidagilar kiradi: 
Oilalarning, tashkilot rahbarlarining va boshqa jamoa 
a’zolarining MTTni qo‘llab-quvvatlashi hamda unda ishtirok 
etishi barcha bolalarni MTTga olib kelish va ularning 
muvaffaqiyatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yordam berishda 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, ota-onalar bolalariga MTTda 
berilayotgan ta’lim-tarbiyani qadrlasalar shunda bolalar ham 
o‘zlarining bilim olish imkoniyatlarini qadrlaydilar. Bu ularning o‘z 
tarbiyachilari va tengdoshlariga nisbatan, ayniqsa, kelib 
chiqishlari va qobiliyatlari turli xil bolalarga bo‘lgan hurmatini 
oshirib borishda hamda o‘zlari o‘rgangan narsalarni kundalik 
jamiyatdagi hayotda qo‘llashda alohida o‘rin egallaydi. 
Oilalar bilan muloqotda bo‘lish: 
Bir yilda uch yoki to‘rt marta bolalarning o‘rganishini 
baholash bo‘yicha ota-onalar bilan norasmiy suhbatlar 
uyushtirish zarur. Bolalar bajargan ishlarning namunalarini 
ularga ko‘rsatish, har bir bolaning iste’dodi va ijobiy yutuqlariga 
urg‘u berib, ularning yaxshiroq o‘rganishi uchun ma’lum bir 
to‘siqlarni yengib o‘tishi kerakligi haqida ta’kidlab o‘tish joiz. 
Inklyuziya bo‘yicha ota-onalarga tushuntirish ishlarini amalga 
oshirish, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va 
farmonlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish lozim.
Ota-onalar yig‘ilishida “chetlashtirilganlarni kiritish” 
nimani anglatishini ularga tushuntirib berish uchun “Arzandalar 
o‘yini”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu o‘yinda ikki xil 
rangda bo‘lgan, ya’ni qizil va ko‘k rangli belgilar tayyorlanib
qatnashuvchilarning kiyimiga skoch yoki to‘g‘nog‘ich yordamida 
mahkamlanadi. Har bir ishtirokchi bitta belgiga ega bo‘lishi shart. 
Ushbu o‘yinda ayrimlar imtiyozlarga ega va ayrimlar esa 
imtiyozlardan chetlashtirilgan bo‘lishi tushuntiriladi. 
Qizil belgisi bor kishilarga xonaning oxirida yoki bir 
tomonida o‘tirishlari aytiladi. Shundan so‘ng ko‘k belgisi bor 
kishilar bilan yoqimli suhbat olib boriladi. Aksincha qizil belgili 
guruhdagilarga e’tibor qilinmaydi. Goh-gohida ularga jiddiy 
nazar bilan qarab qo‘yiladi va jim o‘tirishlari yoki 
tipirchilamasliklari yoxud tirjaymasliklari aytiladi. Ko‘k belgili 
guruh bilan 5-10 daqiqagacha shu yo‘sinda gaplashishda davom 
etiladi. Hattoki ko‘k belgisi bor shaxsdan qizil belgili guruhga jim 
bo‘lishlarini aytishni so‘rash mumkin. O‘ninchi daqiqaning oxirida 
barchadan o‘z belgilarini yechib tashlashlari va yana birga 
o‘tirishlari so‘raladi. Quyidagi savollar beriladi, - «Ko‘k rangli 
belgiga ega bo‘lganda nimani his qildingiz? Qizil rangli belgiga 
ega bo‘lish qanday ekan? Agar siz qizil rangli belgini taqib olgan 
bo‘lsangiz, ko‘k rangli belgiga ega bo‘lishni xohlarmidingiz? Ko‘k 
rangli belgiga ega bo‘lish uchun biror narsa qila oldingizmi? 
Chetlashtirilganlik nimani anglatdi? Kim chetlashtirdi? Kim eng 
ko‘p jabr (ko‘rishi mumkin edi) ko‘rdi?». 
“Inklyuziv” va “birgalikda o‘rganish” deganda nimani 
nazarda tutishimizni yanada yaxshiroq tushuntirish uchun 
yuqoridagi topshiriq va savollardan foydalangan ma’qul. 
“Inklyuziv o‘rganishning” afzalliklari pedagoglar va ota-onalar 
o‘rtasida qanday qilib sheriklik asosida yaratilishi mumkinligi 
ular bilan muhokama qilinishi lozim. 
Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan 
bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Keltirilgan 
dalillarni tahlil etib, inklyuziv ta'lim tizimi sharoitida biz bolalarni 
MTTga moslashtirish, uning qonun-qoidalariga bo‘ysunishga 
o‘rgatish, sog‘lom tengdoshlari bilan muloqot qilishdagi 
muammolariga barham berishimiz mumkin. Natijada bolalarda 
o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil xulosalar chiqarish malakalari 
shakllanadi. Tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro tenglik huquqiga 
egalik hissi uyg‘onadi, bir-birlarini kamsitmaydilar va ular orasida 
do‘stona munosabat shakllanadi. Bunday malakalar ularning 
sog‘lom tengdoshlari qatorida jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topib, 
mustaqil hayot kechirishlariga imkon yaratadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling