Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

TADQIQOT MUHOKAMASI 
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktabgacha 
ta’lim tizimiga qamrab olish jarayoni nafaqat davr talabi, balki 
bolalarning arzon ва qulay ta’lim olish huquqlarini to‘liq 
ta’minlash yo‘lidagi samarali qadamdir. Inklyuziv amaliyot 
ta’limning u yoki bu turini olishda teng imkoniyatlar va barcha 
bolalarning individual xususiyatlari, aqliy va jismoniy 
imkoniyatlaridan qat’iy nazar, istisnosiz ta’limga moslashishiga 
erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. “Inklyuziv ta’lim” 
konsepsiyasining 
mazmunini 
aniqlashning 
asosiy 
yondashuvlarini tahlil qilish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, bu barcha 
bolalarning maxsus ta’limiy ehtiyojlari va individual 
imkoniyatlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar bilim olishdan 
teng foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi ta’lim jarayonini 
tashkil etishdir.
Har bir bola boshlang‘ich rivojlanish yo‘lini aynan 
maktabgacha yoshda bosib o‘tishi sababli, ta’lim-tarbiya 
jarayonini individuallashtirish va psixologik jarayonlarni 
muvofiqlashtirishga qaratilgan muhitni yaratishimiz kerak. Bola 
psixikasini rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarish, bir tomondan, umumiy ijtimoiy farovonlik, ikkinchi 
tomondan esa, ta’limga individual va differensial yondashuvni 
hisobga olgan holda pedagogik jarayonni tashkil etish bilan 
bog‘liqdir. 
Inklyuziv ta’lim bolalarning individual xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ta’lim tuzilmalari va mazmunini qayta 
takomillashtirib, moslashtirishni talab etadi. 
Odatiy ta’lim tizimini ushbu fotosuratga qiyoslash 
mumkin. Bunda hamma bir xil imtihon topshirishi lozim: 
“daraxtga chiqish”. Ayrim hayvonlar tezda chiqadi, ayrimlari esa 
hatto quruqlikda yashay olmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimida ham 
aynan individual ta’lim yondashuvi shu qadar muhimdir. Demak 
taʼlim samaradorligi va sifatini taʼminlanishda har bir bola 
shaxsining individual ruhiy jarayonlaridan kelib chiqqan holda 
yondashilishi, qobiliyatlari turlari eʼtiborda tutilishi muhim faktor 
bo‘lib xizmat qiladi. 


 
www.herald.uz
 
33
Bugungi kunda O‘zbekistonda turli toifadagi bolalarni 
umumiy ta’limga o‘tkazish qonuniy asosga ega ekanligini 
aytishimiz mumkin. Afsuski, qonunda ko‘rsatilgan ijobiy 
jihatlarning aksariyati qog‘ozda qolmoqda. Ko‘pgina ilg‘or qonun 
hujjatlarida bo‘lgani kabi, ularni amalga oshirish mexanizmi 
amalda yo‘qligicha qolmoqda. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling