Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

21
 
 
Alohida ta’limiy ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun 
moslashtirilgan dasturlarning yetishmasligi eng katta 
muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta’limga endigina kirib 
kelayotganligimiz sababli bunday tizimlar doirasida ilmiy-
pedagogik kadrlar va ta’lim tashkilotlarining o‘quv-moddiy 
bazasidan 
oqilona 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiq. 
Respublikamizning bir qator olimlari tomonidan inklyuziv ta’lim 
uchun maxsus “Moslashtirilgan o‘quv dasturi” alohida ehtiyoji 
bor 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ishlab 
chiqildi.
22
Ushbu dasturda inklyuziv ta’lim tamoyillari, alohida 
ehtiyojli bolaga qanday yondashish lozimligi; shuningdek 
21 Tadqiqot davomida muallifning hisob-kitobi 
22 “Moslashtirilgan o'quv dasturi” I.V. Groshev A., E. N. Nazarova, E. A. 
Nekrasova, B. P. Abdullayev , U. T Muxitdinova 2019. 
60%
40%
Ha
Yo`q
65
35
0
20
40
60
80
Mavjud
Mavjud emas
50
5
45
0
10
20
30
40
50
60
Sezilmoqda Sezilgani yo‘q
Ayrimlarida


 
www.herald.uz
 
31
individuallik va tabaqalashtirilgan yondashuv tamoyillari 
atroflicha yoritilgan. Shu singari moslashtirilgan o‘quv 
materiallari ko‘proq ishlab chiqilishi va rivojlangan davlatlarda 
qo‘llaniladigan o‘quv adabiyotlarini milliy tizimga moslab olib 
kirish inklyuziyaning rivojlanishida muhim sanaladi. 
Ushbu rasm tahlilidan ma’lumki guruhdagi bolalar ta'lim-
tarbiya jarayonida yordamga muhtoj tengdoshlariga 
ko‘maklashishi 
ularda 
insonparvarlik 
hissi 
shakllanayotganligini 
ko‘rsatadi. 
Bunda 
pedagoglar 
streotiplarni qo‘llashdan qochishlari va guruhdagi bolalar oldida 
AEBlarning nuqsonlarini sharhlamasliklari lozim hamda nuqsoni 
bor bolalarga laqab qo‘yish, masxara qilish kabi salbiy 
munosabatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Shuningdek, AEBlar bilan ta’lim-tarbiya olayotgan 
tengdoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatni shakllantirish 
uchun turli metodlardan foydalangan maqsadga muvofiq.
Masalan: «Kungаboqаr» o‘yini. 
O‘yinning maqsadi: bolalar o‘rtasida do‘stona munosabat 
muhitini shakllantirish. 
O‘yin jihozlari: gul bargi shaklida qirqilgan rangli qog‘ozlar. 
Bolalarning har biri uchun tamg‘asifat rangli qog‘ozdan yasalgan 
shakllar yoki nakleykalar. Har bir bolaning fotosurati, yelim. 
O‘yinnig borishi: 
1.
Bolalar uchun yangi o‘yin oʼynalishini maʼlum qilish. 
2.
Hamma bolalarga o‘z shaklini rangli qog‘ozdan qirqib 
olishiga yordam berish. 
3.
Har bir bola fotusuratining bosh qismini dumaloq 
tarzda qirqib olib, alohida A4 formatli qog‘ozning o‘rtasiga 
yopishtirish. 
4.
Har bir bola rasmining atrofiga oldindan tayyorlab 
qirqib olingan gul barglarini xuddi kungaboqar guli kabi aylana 
qilib yopishtirib chiqish (bunda bolalar faol ishtirok etadilar). 
5.
“Bolalar, qarang, har biringizning rasmingizni gul ichiga 
joylashtirdik.
Endi har kuni hammangizning mana shu rasmingizni 
doskaga ilib qo‘yaman. Qolgan bolalar esa agarda rasmi ilingan 
bola unga biror bir yordam bersa yoki biror bir yaxshilik qilgan 
bo‘lsa o‘z tamg‘asini uning kungaboqar guli barglariga 
yopishtirib qo‘yib, rahmat aytadi. Biz kun yakunida har bir 
boladan bu tamg‘aning nima uchun yopishtirganligini so‘raymiz. 
O‘yinimiz yakunlanganda har bir bolaning kungaboqarida 
yopishtirilgan tamg‘alarni sanaymiz. Qani, kimning kungaboqar 
guli barglarida tamg‘alar ko‘p bo‘ladi”, deyiladi. 
Mazkur o‘yindan mashg‘ulot jarayoni, jismoniy daqiqalar 
va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda foydalanish tavsiya etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling