Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm: Inklyuziv ta’limga kiritiladigan alohida ehtiyojli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
2-rasm: Inklyuziv ta’limga kiritiladigan alohida ehtiyojli 
bolalar
14
 
 
Shu bilan birga, barcha bolalarni ommaviy ta’lim tizimiga 
jalb qilish mumkin emas. Inklyuziv ta’lim uchun tavsiya 
etilmaydigan toifaga og‘ir jismoniy va aqliy nuqsonlari bo‘lgan 
bolalar kiradi.
AEBlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga kirganda, uning 
moslashishi va keyingi ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq muammolar 
paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuvi uning odatiy 
muhitga qo‘shilishida muhim ahamiyatga ega. Biz bilamizki
bunday bolalar ko‘pincha ommaviy maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga kiritilganda tengdoshlari bilan ta’lim-tarbiya 
jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida haligacha AEBlar uchun tuzatish va 
rivojlanish muhitining moslashtirilgan dasturlarining yo‘qligi, 
MTT mutaxassislarining "maxsus" bolalar bilan ishlash 
tajribasining yetishmasligi kabi holatlar mavjud.
Bu kabi qator muammolardan kelib chiqqan holda 
muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan inklyuziyani 
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar: 
“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 20-
moddasida 
alohida 
ta’lim 
ehtiyojlari 
va 
individual 
imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda, barcha 
ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida tahsil olishdagi teng 
imkoniyatlarni ta’minlashga e’tibor qaratilishi qayd etilgan. Shu 
asosda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari 
bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv 
ta’lim tashkil etildi. 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim 
14 “Maxsus va inklyuziv ta’lim” R. Sh. Shomahmudova, 2018-yil 
15 Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
https://lex.uz/docs/-5044711  
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini 
ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror 15 qabul qilganligi va 
amaliyotga tadbiq etilayotganligi AEBlarning sifatli ta’lim olish 
imkoniyatini ta’minlaydi. 
Yuqorida berilgan rasm tahliliga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, segregatsiyadan inklyuziyaga ya’ni tibbiy modeldan 
ijtimoiy modelga o‘tish muhimligi, bugungi zamonaviy dunyo 
ta’limida eng samarali tizim inklyuziya ekanligiga ishonch hosil 
qilamiz. Segragatsiya rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni 
ajratib ko‘rsatishni nazarda tutadi. Integratsiya esa AEBlarni 
ommaviy ta’lim-tarbiya tashkilotlariga olib kirishni bildirsada
alohida guruhlar tashkil qilinib, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan 
bolalarni o‘sha guruhda o‘qitilishini ma’qullaydi. Inklyuziv ta’lim 
sog‘lom va alohida ehtiyojli bolalarni bitta guruhda ta’lim-tarbiya 
olishini nazarda tutadi. Shubhasiz, inklyuziv ta’lim yanada 
demokratik jamiyat hamda adolatli va sifatli ta’lim tizimini 
qurishga yordam beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar inklyuziv ta’limini 
rivojlantirish nogiron bolalar va ularning ota-onalari (bola oilada 
yashash va normal rivojlanayotgan tengdoshlar muhitida 
tarbiyalanish imkoniyati), jamiyat (ijtimoiy segregatsiyani 
bartaraf etish va ijtimoiy rivojlanish darajasini barqarorlashtirish) 
hamda davlat (nogiron bolalar uchun qonun bilan 
mustahkamlangan ta'lim huquqlarini ta'minlash), ya’ni ta’lim 
xizmatlarining barcha ijtimoiy qatlam guruhlari uchun ochiq 
bo‘lishini ta’minlaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling