Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-sinflar uchun “Tarbiya” fanidan METODIK QO‘LLANMA Tuzuvchi
- IV. Huquqiy tarbiya 13 Jinoyat nima Uning turlari 33-34 14 Jazo muqarrar 35-37 V. Mehnat tarbiyasi
- VI. Iqtisodiy tarbiya 18 Oilaviy tadbirkorlik 45-46 19 Savdo qilish odobi 47-49 VII. Zararli odatlar
- I bo‘lim. Vatan tuyg‘usini shakllantirish Iftixorim, jannatmakon O‘zbekistonim! (1 soat)
1 2 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 7-sinflar uchun “Tarbiya” fanidan METODIK QO‘LLANMA Tuzuvchi: Begmatov Xayrullo – Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, 48-sonli maxsus maktab-internati “Tarbiya” fani o‘qituvchisi. 3 Mundarija № MAVZULAR Sahifa I. Vatan tuyg‘usini shakllantirish 1 Iftixorim Jannat makon O‘zbekistonim! 4-5 2 Har bir farzand vatan himoyachisi 6-7 3 Kelajakdagi muvaffaqiyat bugundan boshlanadi 8-10 II.Axloqiy tarbiya 4 Ne’matlarni qadrlash 11-13 5 Har bir inson hurmatga loyiq 14-15 6 Rostgo‘ylik 16-17 7 Muomala madaniyati 18-20 8 Inson hayotida dinning ahamiyati 21-22 III. Oila tarbiyasi 9 Farzand oila ko‘zgusi 23-24 10 Mening mahallam-mening faxrim 25-26 11 Oilada qarindoshlik munosabatlarini shakllantirish 27-29 12 Islom ezgulik dini 30-32 IV. Huquqiy tarbiya 13 Jinoyat nima? Uning turlari 33-34 14 Jazo muqarrar 35-37 V. Mehnat tarbiyasi 15 Haloldan rizq topish 38-39 16 Ish qilganda mas’uliyatni anglash 40-41 17 Jamoada mehnat faoliyati 42-44 VI. Iqtisodiy tarbiya 18 Oilaviy tadbirkorlik 45-46 19 Savdo qilish odobi 47-49 VII. Zararli odatlar 20 Yolg‘on so‘zlash va uning oqibatlari 50-51 21 Isrofgarchilik, uning ko‘rinishlari 52-54 VIII. Ekologik tarbiya 22 Tabiatni asrash burchimiz 55-56 23 Suvni isrof qilmaslik 57-59 24 Yakuniy umumlashtiruvchi dars 4 I bo‘lim. Vatan tuyg‘usini shakllantirish Iftixorim, jannatmakon O‘zbekistonim! (1 soat) Vatan – muqaddas, ona kabi aziz makondir. Ona farzandiga mehr bersa, Vatan o‘z fuqorolariga shu o‘lkada yashash, huquqlardan foydalanish, uy-jou, mol-mulkka ega bo‘lish kabi imkoniyatlarni beradi. O‘zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri. Uni umrida bir bor ko‘rish orzusida bo‘lganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag‘rida yashaymiz uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz. Unda kechagi kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassam. Yurtimizning har bir go‘shasida mustaqillik, istiqlol nafasi ufurib turibdi. Shahar-u qishloqlar kundan-kun yanada chiroy ochib obod bo‘lib bormoqda. Yoshlarning ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari yurtimiz shuhratini kundan-kunga oshirmoqda. Yurtimizga har yili ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Ularning barchasi bu go‘zal, serquyosh, zamin haqida iliq fikrlar bildirishadi. O‘zbekiston tuprog‘i zar, odamlari saxiy, bag‘ri keng va mehmondo‘st diyor. Vatanimizning noyob imkoniyatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, 5 har bir yurtdoshimiz qalbida “O‘zbekiston – Vatanim manim” degan iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunday g‘o‘zal diyorni asrab avaylash o‘z qo‘limizda. • El g‘amini bilgan elda doston. • O‘z yurtingni qadri, o‘zga yurtda bilinar. Ona diyor Baxtiyormiz quvnoqmiz, tabiatga o‘rtoqmiz. O‘ynab – kulib, yayraymiz, bulbul bo‘lib sayraymiz. Quchog‘i bog‘-u bo‘ston, betakror jannatmakon, Seni tan oldi jahon, mustaqil O‘zbekiston! Allomalar beshigi, bag‘ri dunyo eshigi, Madhiyasi qo‘shig‘i mustaqil O‘zbekiston! Sportchimiz bardammiz, g‘oliblarga hamdammiz. Sohibqiron avlodi - har ishda peshqadammiz. Musaffo osmonimiz, hur vatan posbonimiz. Doim gullab – yashnasin shu aziz bo‘stonimiz. Ogohlik shiorimiz, hushyorlik qarorimiz. Mangu barhayot bo‘lsin hur ona - diyorimiz! 1.V atan deganda nimani tushunasiz? 2. Vatanni ardoqlashdan maqsad nima? 3. Vatanga munosib farzand qanday bo‘lishi kerak? “Ona diyor” she’rini yod oling. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling