Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Oilada qarindoshchilik munosabatlarini shakllantirish (2soat)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Oilada qarindoshchilik munosabatlarini shakllantirish (2soat) 
Inson tabiatida madaniylik, odamlarga aralashish ular bilan munosabat
o‘rnatishga moyillik bor. Insonni atrofida yaqin qarindoshlari, do‘stlari
bo‘lganda o‘zini erkin, baxtli his qiladi. Yolg‘izlik, odamlarga qo‘shilmaslik
inson tabiatiga mos kelmaydi. Oila jamiyatning bir bo‘g‘ini hisoblanadi.
Oilalarning tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining bosh omilidir. Har bir
oilada ota-ona farzandlarini yaqin qarindoshlari bilan tanishtiradi. Ular bilan
o‘zaro aloqalarini tiklashga harakat qiladi.
Yaqin qarindoshlarga bobo, buvi, amaki, amma, tog‘a, xola ularning
farzandlari va boshqalar kiradi. Inson hamisha ularni holidan xabardor
bo‘lishi, yaxshi - yomon kunida yonida turishi lozim. Muqaddas islom
dinimizda ham qarindosh urug‘chilik munosabatlariga alohida e’tibor berilgan.
Amakini ota o‘rnida ko‘rish, xolani ona o‘rnida ko‘rishga targ‘ib qilinadi.
Aka – uka, opa – singillar bir - birlari bilan ahil, inoq, mehribon, samimiy
munosabatda bo‘lishlari kerak. Hatto singilni ko‘rish uchun bug‘doyzorning
ichidan o‘tishga ham ruxsat berilgan. 
Afsuski jamiyatimizda aka-ukalar, opa-singillar, qarindoshlar o‘rtasida
bir-birini tushunmaslik, , mol-mulk talashish holatlari uchrab turadi. Buning
oqibatida oilalarning tinchligi buziladi, o‘rtadagi mehr - oqibat, qarindoshlik
rishtalari uziladi. Ota bobolarimiz bunday munosabatlarga also yo‘l
qo‘yishmagan. Agar kimdir urishib qolsa uch kundan ortiq arazlashib yurishi
durust emas deb oilalar, insonlarni ahillikka chorlaganlar. 
• Daraxtni yaxshi ko‘rsatgan,shoxidagi mevasi. 
• Mehr ko‘zda, aql so‘zda.



27 
 
Qarindoshlik burchi 
Tohirjon onasidan erta ayrilib qoldi. U Abdumalik boboning
qaramog‘ida voyaga yetdi. Abdumalik bobo uni hech kimdan kam qilmay
voyaga yetkazdi. Tohirjon ilmda, odobda, muomalada barcha havas qiladigan
yigit bo‘ldi. Abdumalik bobo butun umrini dehqonchilik bilan o‘tkazdi.
Bog‘lar barpo qildi. Farzandlarini halol rizq bilan ulg‘aytirdi. Ularni ilmli,
hunarli qilib tarbiyaladi. Qarindoshlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘plab yaxshiliklar
qildi. Tohirjonga ham dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi. U har yili bog‘idagi
mevalar pishganida barcha qarindoshlarini bog‘iga chaqirib mehmon qilar edi.
Shu kuni bog‘ odamlarga to‘lib, bayram bo‘lib ketardi. Dasturxon noz-
ne’matlarga to‘lib, barchaning qalbiga xursandchilik ulashar edi.
Barcha qarindoshlar uylariga qaytayotganda bog‘dagi olma, nok, anor, behi
kabi mevalardan olib ketishardi. Bir necha yildirki bu an’ana davom etib
kelmoqda. Mahalladagi qo‘ni-qo‘shnilar Abdumalik boboning bu ishiga havas
qilishadi. 
Abdumalik bobo farzandlariga, Tohirjonga doimo “Mendan keyin
ham shu ishni also tark etmanglar. Qarindosh - urug‘lar bilan aloqani uzish
yaxshi emas. Ularni holidan xabar olib turish qarindoshlik burchi
hisoblanadi. Kim qarindoshlar holidan xabar olib tursa umri uzoq, rizqi
keng, o‘zi salomat bo‘ladi” deb ta’kidlaydi. 


28 
1.Oila deganda nimani tushunasiz?
2.Kimlarni qarindoshlar deymiz? 
3.Qarindoshlar bilan aloqa qanday bo‘lishi kerak? 
“Qarindoshlaringiz” haqida so‘zlab bering. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling