Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Dasturxondagi ushoqlar 

Qadim zamonda Misr davlatining podshohi Abbos ismli vazirini Rim


davlatiga elchi qilib yubordi. Rim imperatori elchi sharofatiga katta ziyofat
berdi. Dasturxonda ovqat tugagach elchi Abbos to‘kilgan ushoqlarni terib
yeya boshladi. Buni ko‘rgan Rim imperatori elchining qorni to‘ymadi, deb 
o‘yladi. Xizmatkorlariga yangi bir dasturxon tuzashni buyurdi. Elchi
Abbosga “Ushoqlarni terib yeyishni to‘xtat. Senga yangi bir dasturxon
tuzashadi” dedi.
Elchi Abbos imperatorga kulimsirab qarab: “Bizning
islom dinimizda dasturxonda to‘kilgan ushoqlarni terib yegan kishi faqirlik
va ahmoqlikdan omonda bo‘ladi deb ta’kidlangan” dedi. Shuni eshitganimdan
buyon doim bu ishni qilaman. Bo‘lmasa och emasman. Rim imperatori bu
so‘zlarni eshitib qattiq ta’sirlandi. “Diningiz juda mukammal, ezgulik dini
ekan” dedi. Elchining odobi, kamtarligiga tasannolar aytib unga ming tilla 
tanga hadya qildi. 
1.Islom so‘zining ma’nosi nima?
2.Ezgu ishlarga misollar keltiring? 
3.“Dasturxondagi ushoqlar” hikoyadan qanday xulosa oldingiz?
 
“Hadislarni” ifodali o‘qing va yod oling. 


31 
IV bo‘lim. Huquqiy tarbiya
Jinoyat nima? Uning turlari (2 soat) 
 
 
Insonning qadri ezgu amallar bilan o‘lchanadi. Shuning uchun insonlar
ezgu, hayrli, savobli ishlar qilib yashashga intiladilar. Jamiyatda yashayotgan
har bir insonning o‘z o‘rni, o‘ziga hos hayot yo‘li bor. Har bir ota-ona
farzandini baxtli hayot kechirishligini hohlaydi. Unga ta’lim-tarbiya beradi,
kasb-hunar o‘rgatadi. Qachonki farzand ilm - ma’rifatda, odob - axloqda, kasb 
- hunarda yetarli bilimga ega bo‘lsa, shundagina ota-onasiga jamiyatga va
vataniga munosib xizmat qila oladi. 
Afsuski bugun oramizda bilib bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib
qolayotgan yoshlar ko‘payib bormoqda. Bu jamiyat va davlat oldida turgan
hal qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Jinoyat o‘zi nima?. Jinoyat - bu qonun bilan ta’qiqlangan, jazoga loyiq,
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb ataladi.
Jinoyat sodir etish oqibatida qonunlar buziladi, davlatga jamiyarga va
insonlarga moddiy va ma’naviy zarar yetadi. Oqibatda inson o‘z oilasi, ota-
onasi, jamoasi, yaqin do‘stlarini noqulay, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng
yomoni o‘z kelajagini o‘zi barbod qiladi.
Jinoyatga olib boruvchi
sabablar juda ko‘p bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
➢ 
Bekorchilik, nazoratsiz qolish;
➢ 
Qilayotgan xatti-harakatining oqibatini o‘ylamaslik; 


32 
➢ 
Xulqi, tarbiyasi yomon insonlar bilan birga yurish; 
➢ 
Ilmsizlik, bilganiga amal qilmaslik. 
Jinoyatning bir nechta turlari bo‘lib ulardan quyidagilarni keltirish mumkin:
➢ 
O‘g‘irlik;
➢ 
Bezorilik; 
➢ 
O‘zgalarga tan jarohat yetkazish;
➢ 
Firibgarlik;
➢ 
Yolg‘on guvohlik berish; 
➢ 
O‘zgalarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazish. 
Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Muhimi
bulardan yiroq bo‘lish. Inson hamisha o‘z xatti-harakatlariga javobgar
ekanligini unutmasligi kerak.
• 
Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘.
• 
Bezoridan hamma bezor.


33 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling