Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
VII bo‘lim. Zararli odatlar
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gul o‘stirolmagan bola
VII bo‘lim. Zararli odatlar
Yolg‘on so‘zlash va uning oqibatlari (2 soat) Yolg‘on so‘zlash inson odobiga zid bo‘lgan, axloqimizda qoralangan eng yomon illatlardan hisoblanadi. Inson so‘zlayotgan har bir so‘zi uchun mas’ul hisoblanadi. Ota - bobolarimiz farzand tarbiyasida bolaning rostgo‘y bo‘lishiga alohida e’tibor berganlar. Yolg‘on so‘zlash oqibatida haqiqatlar yolg‘onga aylanadi, adolat mezoni buziladi. Oqibatda yolg‘on so‘zlovchi insonning obro‘si to‘kiladi, ishonch rishtalari uziladi. Yolg‘on so‘zlaydigan insonning hayotida xotirjamlik bo‘lmaydi. Bunga misol o‘quvchi ustoziga yolg‘on gapirdi. Ustoz uning so‘zlariga ishonmasada indamadi. Ammo buni bilib turgan sinfdoshi seni ustozga aytib beraman desa bormi? Yolg‘oni fosh bo‘lib qolmasligi 48 uchun sinfdoshining barcha shartlariga rozi bo‘ladi. Qalbida qo‘rquv, hadik bilan yuradi. Afsuski bugun odamlar orasida yolg‘onchilik, chaqimchilik, vadaga vafo qilmaslik kabi yomon illatlar ko‘payib bormoqda. Yolg‘onchi o‘z so‘zini bir-ikki bor o‘tkazadi, keyin yolg‘oni fosh bo‘lib el ichida sharmanda bo‘ladi. Uning rost so‘ziga ham odamlar ishonmay qo‘yadilar. Arastu aytadi: “To‘g‘rilik uchun qurbon bo‘lish, yolg‘onchi bo‘lib uzoq umr ko‘rishdan yaxshidir”. • Shira maysani, zang temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi. • Yolg‘on aytgan kishining, xatari bor ishining. Gul o‘stirolmagan bola Qadim zamonda bir mamlakatda donishmand podshoh bo‘lgan ekan. Uning farzandi yo‘q edi. Bir kun podshoh: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga farzand qilib olsam” deb o‘ylabdi. Mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i tarqatibdi. “Kimki shu gul urug‘ini undirib, eng chiroyli gul yetishtirsa shu bola mening merosxo‘rim, o‘g‘lim yoki qizim bo‘ladi”, deb e’lon qilibdi. Hamma bolalar urug‘ni olib parvarish qila boshlabdilar. Ulug‘bek degan bola ham urug‘ni ekib, parvarish qilmoqchi bo‘libdi. Lekin bir oy vaqt o‘tsa hamki, ekilgan urug‘ xech unmabdi. Ulug‘bek onasidan “Onajon ekkan urug‘imiz nimagadir unmadi. Sababi nimada ekan?” deb so‘rabdi. Shunda onasi “Tuprog‘ini yangilab ko‘r-chi” debdi o‘g‘liga. Ulug‘bek 49 tuproqni almashtiribdi. Shunda ham urug‘ ko‘karmabdi. Podshoh gullarni ko‘radigan kun yetib kelibdi. Hamma bolalar tuvakda o‘zlari o‘stirgan gullarni ko‘tarib yo‘lga chiqibdilar. Ularning hammasi valiahd bo‘lish orzusida ekan. Podshoh negadir bu gullarni birontasiga ham qaramay o‘tib ketibdi. U bir chetda bo‘sh tuvak ko‘tarib turgan bolani oldiga boribdi. “Seni guling qani? Nima uchun bo‘sh tuvak ko‘tarib turibsan?” deb so‘rabdi podshoh boladan. Ulug‘bek ko‘zida yosh bilan “Rosa harakat qildim, lekin urug‘im ko‘karmadi” deb so‘zladi. Bu so‘zlarni eshitgan podshoh: “Mana mening pok vijdonli to‘g‘riso‘z o‘g‘lim” deb xalqqa Ulug‘bekni ko‘rsatdi. Podshoh xalqqa bergan urug‘i hech qachon unib chiqmasligi, chunki urug‘ suvda qaynatilganligini aytibdi. Xalq ichida g‘ala-g‘ovur boshlanib ketdi. Yig‘ilgan odamlar podshohning hikmatini tushunibdilar. Gul ko‘tarib kelgan bolalar uyalib uylariga qaytib ketdilar. Chunki ular boshqa gul urug‘ini topib ekkan ekanlar-da. 1.Yolg‘on so‘zlash deganda nimani tushunasiz? 2.Yog‘on so‘zning xatarlari haqida so‘zlab bering. 3.Yolg‘on gapirmaslik uchun nima qilish kerak? Agar siz Ulug‘bekni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilar edingiz? So‘zlab bering. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling