Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Ish qilganda mas’uliyatni anglash (1 soat)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 

Ish qilganda mas’uliyatni anglash (1 soat) 
Dunyo taraqqiyoti, jamiyat farovonligi inson mehnatining mahsulidir. 
Har bir inson zimmasidagi eng birinchi vazifa o‘z vatanini obod qilish,
o‘zidan yaxshi nom qoldirishdir. Buning uchun insondan bilimli, odobli va
mas’uliyatli bo‘lish talab etiladi.
Mas’uliyat bu – har bir bajarayotgan ishda, so‘zlayotgan so‘zda o‘ylab,
vijdonan, yondoshishdir. Deylik siz uy ishlariga yordam berayapsiz. Idishlarni 
yuvishingiz kerak. Agar ishingizga mas’uliyat bilan yondoshmasangiz
qo‘lingizdan idish tushib ketib sinishi mumkin. Yoki yaxshilab yuvmasangiz
onangizdan tanbeh eshitishingiz aniq. Mas’uliyatli inson oilada, jamoada
hurmat e’tiborga ega bo‘ladi. U har bir ishni mas’uliyat bilan mukammal
qilib bajaradi. Har bir bola yoshligidan mas’uliyatli bo‘lishga odatlanishi
kerak. Yaxshi baholarga o‘qishligi, ustozi bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida
bajarishi uning mas’uliyatli ekanligini bildiradi.
Tasavvur qiling insonlar ishga mas’uliyatsiz yondoshsalar nima bo‘ladi?


39 
Deylik, o‘qituvchi bolaga yaxshi bilim bermasa, bolalar ilmsiz bo‘lib katta
bo‘ladi. Shifokor bemorlarni yaxshi davolamasa, jamiyatda bemor insonlar
ko‘payib ketadi. Quruvchi mustahkam imorat qurmasa, binolar tezda qulab
tushadi. Vatan himoyachisi vatanini himoya qilishda be’etibor bo‘lsa,
Vatanga dushman bostirib kirishi aniq. Agar bunday jarayon davom etadigan
bo‘lsa davlat va jamiyat inqirozga, tanazzulga yuz tutadi. 
• Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,hosil berar to‘ksang ter. 
• Omonat, omonatga qilma xiyonat.
Donishmand nasihati  
Qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. Uning erka, tajang, ishyoqmas
o‘gli bor bo‘lib, doim hayotidan nolib yurar ekan. Do‘stlari darsga, ovga
borishar, shahzodaning esa bunday mashaqqatlarga toqati yo‘q edi. O‘g‘lining
kelajagidan havotirga tushgan podshoh yurtning eng donishmand kishisini
chaqiribdi. Shahzodaning holatini tushuntirib, o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga solishda
yordam berishini so‘rabdi.
Donishmand erka shahzodani bunday vaziyatdan qanday qutqarish
mumkinligi haqida uzoq o‘ylabdi. Ammo miyyasiga jo‘yali bir fikr
kelmabdi. Bir kun tog‘ etagidan o‘tib ketarkan cho‘pon yigit uning oldiga
kelib “Otaxon iltimos, qo‘ylarimga qarab tursangiz. Yugurib qishloqqa tushib
chiqsam. Zarur ishim bor edi” debdi. Donishmand “O‘zgalarni hojatini
chiqarish savobli ish” deb rozi bo‘ldi. Cho‘pon ketishi bilan bir qo‘zichoq


40 
chuqurlikka tushib ketdi. Donishmand pastga tushib qo‘zichoqni olib
chiqmoqchi bo‘libdi. Chunki qo‘zichoq donishmandga omonat edi.
Uning zimmasida qo‘ylarga qarab turish mas’uliyati bor edi. Ming
mashaqqatlar bilan qo‘zichoqni chuqurlikdan olib chiqibdi. Qo‘zichoq bilan
ovora bo‘lib, vaqt qanday o‘tganini bilmay ham qolibdi. “Agar inson hayotda 
biror maqsadi bo‘lsa, maqsadiga erishish uchun qiyinchiliklarni yengib o‘tadi.
Unda mas’uliyat hissi paydo bo‘lar ekan” degan fikr hayolidan o‘tibdi. Bu
fikrlarni borib podshohga aytaman deb ko‘nglidan o‘tkazibdi. Cho‘pon yigit
kelgach qo‘ylarni unga topshirib to‘g‘ri podshoh saroyiga boribdi. Podshohni
ko‘rgach: “Hukmdorim, agar o‘g‘lingiz behuda g‘am chekishdan qutilib,
hayotga qaytishni istasangiz, unga bir mas’uliyatli vazifa topshiring. Doimiy
tushkunlik, hayotdan doimiy shikoyat qilishning asosiy sababi bekorchilikdir.
O‘g‘lingizga topshiradigan vazifangiz jiddiy bo‘lsin. Shundagina bekorchi
hayollardan qutiladi, yashash zavqini anglaydi” deb aytibdi. 
 
1.Mehnat qilish deganda nimani tushunasiz? 
2.Mas’uliyat nima? 
3.Mas’uliyatsizlik oqibatlarini so‘zlab bering.
Hikmatli so‘zlarni yod oling.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling