Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Jamoada mehnat faoliyati (1soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Jamoada mehnat faoliyati (1soat)
Inson hayotning turli jabhalarida mehnat qiladi. O‘qiydi, kasb-hunar o‘rganadi. Bozorda, jamoat joylarida, korxona tashkilotlarda faoliyat olib boradi. Insonlar orasida yurish, ular bilan ishlash, muloqot qilish insondan katta mas’uliyat talab qiladi. Buning uchun insonda muomala madaniyati, o‘zgalarni hurmat qilish, o‘z ishida mas’uliyatli bo‘lish kabi fazilatlar jamlangan bo‘lishi kerak. Jamoa bilan ishlaganda sizni bilim, malaka, tajribalaringiz va asosiysi axloqingiz namoyon bo‘ladi. Misol uchun maktab hovlisida hashar qilinmoqda. Kimdir yer chopgan, kimdir o‘tlarni yulgan. Shunda siz hech qanday ish qilmay o‘tiradigan bo‘lsangiz do‘stlaringiz ko‘ziga yomon ko‘rinasiz. Ular siz haqingizda salbiy fikrlarni aytadilar. 41 Jamoa bo‘lib ishlaganda o‘zaro ishonch va hurmat, aniq muloqot va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshish talab etiladi. Jamoa bilan ishlaganda maqsad va fikrlar bir yo‘nalishga qaratiladi. Barcha o‘z vazifasi burchini to‘liq ado etishi kerak. Aytaylik qishloqdagi bir do‘kon sotuvchisi haridorlarga qo‘pol muomala qildi. Haridorlar bunday badfe’l, qo‘pol muomala qiladigan sotuvchilarning do‘konidan hech narsa harid qilishni xohlamaydilar. Natijada do‘konga keladigan haridorlar kamayib ketadi. Oqibatda do‘kon egasi va uning jamoasi moddiy tomondan zarar ko‘radi. Jamoa bilan ishlaganda doimo e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lish talab etiladi. • Maslahat zardan qimmat. • Ko‘mak bo‘lsa har ishda, bitadi qolmay qishga. 42 Birlashgan o‘zar Muzaffar yoshligidan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardi. Buning uchun ilmli bo‘lish kerakligini yaxshi bilardi. U o‘zining bor vaqtini, mehrini ilmga bag‘ishladi.Til o‘rgandi, o‘qishga kirdi. O‘qishda o‘qib yurgan paytlarida til markazlarida bolalarga ingliz tilidan dars o‘tib yurdi. Shu vaqtlarda uning qalbiga, men ham til markazi ochsam. Qishloqdagi bolalarga turli tillarni o‘rgatsam degan orzu o‘tardi. Bu orzusini amalga oshishida uni yonida ahil jamoa bo‘lishi kerakligini yaxshi bilardi. O‘tgan yili o‘qishni bitirib tuman markazida til o‘rgatadigan markaz ochdi. Atrofiga ilmli, fidoyi bo‘lgan yoshlardan iborat jamoani shakllantirdi. Jamoa a’zolariga shirin so‘z, mehribon va o‘z vaqtida talabchanlik bilan muomala qildi. Jamoa a’zolari tartibli, samimiy bir-biriga mehribon edi. Tez orada bu markaz tumanda mashhur bo‘lib ketdi. Hatto qo‘shni tumanlardan ham bolalar kelib til o‘rganadigan bo‘ldi. Jamoaning bunday tez fursatda mashhur bo‘lishiga sabab, jamoadagi yaxshi muhit, ahillik, inoqlik maqsadlarining birligi edi. Bugun bu markazda bolalarga ingliz, rus, arab tillari o‘rgatilmoqda. Jamoaning maqsadlari katta. Kelajakda boshqa tumanlarda ham shunday til markazlarini ochish. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling