Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Savdo qilish odobi (1soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Savdo qilish odobi (1soat)
Bolalikdan ota-onamiz qo‘limizga pul berib savdo qilishni o‘rgatishgan. Bu pullarga nimadir xarid qilishimiz savdo deb ataladi. Hayotda har bir inson savdo qilish ilmini bilishi va savdo qilish odobiga amal qilishi kerak. Savdo qilish jarayonida sotib olinadigan mahsulotning sifati, yaroqlilik muddati va narxiga alohida e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Bundan tashqari, savdo qilganingizda torozining to‘g‘riligi, kelishilgan narxda berayotganini ham kuzating. Savdoda hisob-kitob, taqqoslash, fikrlash kabi ilmlardan foydalanish pulingizni tejab qolishga yordam beradi. Agar siz o‘z mahsulotingizni sotmoqchi bo‘lsangiz, shirin so‘z va samimiy bo‘ling. Savdoda qo‘pollik va dag‘allik savdogarning eng katta xatosi hisoblanadi. Doimo rostgo‘y bo‘ling, hech qachon yolg‘on gapirmang. O‘z mahsulotingizni bozor narxida sotishga harakat qiling. Shuni unutmangki, pulni o‘z joyiga ishlatishish va hayotda tejamkor bo‘lish insonni moddiy farovonligini ta’minlaydi. • Muomala yarim rizqdir. • Yerni boqsang, elni boqar. 46 Yoz Yozgi ta’tilga chiqishi bilan Nurulloning ishlari ko‘payadi. Yoz juda issiq. Bog‘dagi mevalar g‘arq pishgan. Ularni terib olish, bozorga oborib sotish oson ish emas. Katta farzand bo‘lganligi uchun mevalarni sotish uning zimmasida. Mana bugun ham onasi uzib bergan ikki savat olmalarni olib mahalla guzariga yo‘l oldi. Guzar markazida mevalar sotadigan bozor joylashgan. Guzarda odamlar gavjum. Kimni nimaga ehtiyoji bo‘lsa shu joyga kelib ishini bitiradi. Qovun, tarvuz, olma, o‘rik, shaftoli, qo‘yingki hamma mevalardan bor. Nurullo olmalarni bozorga olib kirishi bilan savdosi boshlanib ketdi. Olmalar qip-qizarib pishgan, yemagan odamni ham yegisini keltiradi. Ayniqsa Nurulloning yaxshi muomalasi, qo‘li ochiqligi haridorlarni o‘ziga jalb qilar edi. Nurullo ko‘p o‘tmay olmalarini sotib uyiga qaytdi. O‘tgan yili dadasi unga sotilgan mevalarning pulidan velosiped olib bergan edi. Bu yil esa kompyuter olib bermoqchi. 47 1.Savdo qilish odobi deganda nimani tushunasiz? 2.Qanday savdo turlarini bilasiz? 3.Nurullo yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi. Hikmatli so‘zlarni yod olish. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling