Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Isrofgar boy 
Azizbek bobosi bilan birga yashardi. Bobosi unga o‘zining hayotida
bo‘lib o‘tgan voqealar, ko‘rgan kechirganlaridan aytib berardi. Azizbekka
“Bolam, biz qiyinchilik ko‘rdik sizlar ko‘rmanglar” deb ko‘p ta’kidlar edi.
Bobosi unga hayotida bo‘lib o‘tgan bir voqeani sozlab berdi. Yoshlik 
chog‘larida mahallada bir boy inson bo‘lgan ekan. Molu davlatini ko‘pligiga
quvonib doim isrofgarchilikka yo‘l qo‘yar ekan. Boy borgan sari tug‘yonga
ketib, nonni faqat o‘rtasini yeydigan bo‘libdi. Qolgan qismini bir chetga surib
qo‘yar yoki hayvonlarga berib yuborar ekan. Uning bu odati qishloq ahliga
ovoza bo‘libdi. Qishloqning dono, ilmli insonlari boyni to‘g‘ri yo‘lga
solmoqchi bo‘lishibdi. Ammo boy ularning nasihatiga quloq solmabdi. “Pul
meniki uni o‘zim topganman, qanday sarflashni o‘zim hal qilaman” deb
ularni ustidan kulibdi. Bir kuni boyning uyiga o‘t ketibdi. Topgan – tutgan
bor boyliklari bir kunda kuyib yo‘q bo‘libdi. Boy bunday bo‘lishini hech
o‘ylamagan edi. O‘zini doim podshohlardek tutib, har ishda isrofgarchilikka
yo‘l qo‘yib yurardi. Kibr va manmanlikka berilib, ilmli insonlarni so‘zlariga
quloq solmasdi. Boy chuqur qayg‘uga botibdi. Qilgan xatolarini endi
tushunib yetibdi. Lekin endi kech edi. Insonga hayotda turli sinovlar kelar 
ekan. Boy endi boydan qambag‘alga aylandi. U endi bir dona non uchun
ertadan kechgacha odamlarni uyida ishlardi. Uni ko‘rganlar “Sizga nima
bo‘ldi, qanday qilib bunday ahvolga tushdingiz?” deb so‘rardi. Boy ularga
“Menga berilgan ne’matlarni qadriga yetmadim, isrofgarchilikka yo‘l
qo‘ydim. Mana bugun qilgan xatolarimni jazosini olyapman” deb aytar edi.
Boy uzoq umr ko‘ribdi, ammo uning hayoti avvalgidek farovon bo‘lmabdi. 
1.Isrof nima? 
2.Isrofgarchilikning ko‘rinishlarini aytib bering.
3.Nima uchun isrofgarchilik yomon illat hisoblanadi? 
 
 
Hikmatli so‘zlarni yod oling. 



52 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling