Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


VIII bo‘lim. Ekologik tarbiya


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 VIII bo‘lim. Ekologik tarbiya  
 
Tabiatni asrash bizning burchimiz (1soat) 
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati,
musaffo havosi, zilol suvlari kishini o‘ziga maftun qiladi. Mana shunday
betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish har birimizning
burchimizdir. Insonning tabiatga ta’siri tufayli undagi muvozanat
o‘zgarmoqda. Havo haroratining ko‘tarilishi, ba’zi o‘simlik va hayvonlarning
nobud bo‘lishi, suv toshqinlari, toza ishimlik suvining kamayib borishi
fikrimiz isbotidir.
Tabiatga bo‘lgan munosabatimiz bizning ekologik madaniyatimizga
bog‘liq.Anvar ertalab yuz qo‘llarini yuvib, suv jumragini yaxshi berkitmadi.
Oqibatda, kechgacha undan suv tomib turdi. Bog‘dagi o‘rik mevasidan
uzmoqchi bo‘ldi. Ehtiyotsizligi tufayli o‘rik shoxi sinib ketdi. Gullarga suv
quyishni unutdi. Gulzorga tushib qolgan to‘pni olaman deb bir gulni oyog‘i
bilan bosib oldi. Anvar bu harakatlari bilan o‘zi bilmagan holda tabiatga
zarar yetkazdi. Yerga chiqindilarni tashlamaslik, o‘simliklar, daraxtlarni
shoxlarini sindirmaslik, suvni tejab undan oqilona foydalanish eng asosiy
burchimiz hisoblanadi. 
• Birni kessang o‘nni ek. 


53 
• Gulni – sevmagan, gulzor – qilolmas. 
Ovchi va bulbul 
Bir o‘rmonda qushlar, hayvonlar tinch-totuv, do‘st bo‘lib yashar edi.
Ular bir-birlariga juda mehribon edi. Shu o‘rmon yonida bir ovchi yashar
edi. Ovchi o‘rmondan hayvonlarni, qushlarni ovlab tirikchiligini o‘tkazardi.
O‘rmondagi hayvonlar ovchini ko‘rishlari bilan qochib inlariga kirib olar
edilar. Ovchi bo‘lsa bu ishidan faxrlanar, ularni ovlab rohatlanar edi. Bir
kuni ovchi erta tongda o‘rmondagi hayvonlar uxlab yotganida ovga bordi. 
Qushlar uchun tuzoq qo‘yib, uni oldiga donlarni sochib o‘zini panaga oldi. Shu
kuni o‘rmondagi bulbul yegulik axtarib yurib ovchining tuzog‘iga tushib
qoldi. Ovi baroridan kelgan ovchi, bulbulni qafasga solib juda hursand bo‘lib
uyiga qaytdi. Bulbulni yosh bolalari bor edi. Shularni o‘ylab qalbi qattiq
og‘ridi.
Ko‘zidan yum-yum yoshlar to‘kdi. Nihoyat tilga kirib ovchiga so‘zlay
boshladi: “Ey qalbi qattiq bemehr inson. Necha yildirki o‘rmondagi
hayvonlarni, qushlarni ovlab kelasan. Ularning juda ko‘pi sening qo‘lingda
o‘lim topdi. O‘rmondagi daraxtlarni kesasan, shoxlarini sindirasan, maysalarni
tepkilaysan. Nahot seni qo‘lingdan boshqa ish kelmasa. Bu ketishda sendan
kegingi avlodlarga nima qoladi. Ularni ko‘ziga qanday qaraysan” debdi.
Ovchi, bulbulning bu so‘zlaridan hayratda qoldi. Bulbuldan bunday so‘zlarni


54 
kutmagan edi. Bulbul ovchini kimligini yuziga qo‘rqmasdan ayta oldi.
Qalbiga zarba berdi. Bir necha daqiqa ovchi o‘ziga kelolmay o‘ylanib qoldi. 
Nahotki men shunchalik bag‘ritosh, bemehr bo‘lsam? Kelajak avlodlar oldida
uyalib qolsam? Bu savollarni avval hech o‘ziga bermagan edi. Endi bo‘lsa
bu savollar uni qiynamoqda. Ovchi bulbulni qo‘yib yubordi. Bulbulga qarab 
“Sen meni ko‘zimni ochding. Endi sizlarga hech qachon ziyon
yetkazmayman. O‘rmon, undagi hayvonlar, qushlarni ozim himoya qilaman”
deb bulbul bilan xayrlashdi. Bulbul shoshganicha o‘z iniga, bolalari oldiga
uchib ketdi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling