Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Diyorbekning xatosi
Erta tongda Diyorbekning ota-onasi ro‘zg‘or tashvishi bilan dalaga ishga chiqib ketdi. Onasi unga o‘z vaqtida maktabga borib, yaxshi baholarga o‘qishligini tayinladi. Diyorbek uyquga to‘ymaganligi sababli maktabga borgisi kelmasdi. Chunki kechasi bir mahalgacha kompyuter o‘ynab kech yotgan edi. Noilojdan maktab formasini kiyib yo‘lga otlandi. Yo‘l bo‘yida turgan avtobusga chiqib, o‘rindiqlarning biriga o‘tirdi. Qarasa oldida o‘tirgan ayolning sumkasidagi bir dasta pul ko‘rinib turibdi. Hech kimga bildirmasdan pullarni olib sumkasiga joylashtirdi. Maktab yoniga yetib kelgach avtobus to‘xtadi. Diyorbek yo‘l haqqini berib tushib ketdi. Maktab hovlisiga kirib borar ekan uning orqasidan kimdir taqib qilayotgandek edi. Go‘yo ayol uning oldiga kelib “Mening pullarimni nega olding?” deyayotgandek edi. Oradan uch kun vaqt o‘tgach maktab hovlisiga ikkita ichki ishlar xodimi kirib keldi. O‘zlarini tanishtirgach Diyorbek ismli bola bilan suhbat o‘tkazmoqchi ekanliklarini aytishdi. Bu xabarni Diyorbekka yetkizishganida Diyorbekning oyoq-qo‘llari qaltiray boshladi. Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida Diyorbek qilgan jinoyatini tan oldi. Avtobusga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan ekan. Diyorbek pulni o‘g‘irlagani aks ettirilgan tasvirlar unga ko‘rsatildi.Uning ota- onasi maktabga chaqirtirildi. Bo‘lib otgan voqeadan xabar topgan ota-onasi maktab ma’muriyati oldida uyalib qoldi. Ayniqsa Diyorbekni onasi yum-yum yig‘lar, “Farzand tarbiyasida qayerda xato qildim” deb o‘ylar edi. Maktab sha’niga ro‘g‘ri kelmaydigan yomon ish bo‘ldi. Diyorbek qilgan xatosidan qattiq pushaymon bo‘ldi. Olgan pullarini egasiga topshirdi. Maktabdagi ustozlari, ota-onasidan uzr so‘radi. Ich-ichidan pushaymonligini ko‘rgan ichki ishlar xodimlari ham uning qilgan jinoyatini kechirdilar. Ammo uni tuman “Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘limi” tomonidan nazoratga olingani aytildi. Ma’lum bir muddat nazoratda bo‘lishligi ta’kidlandi. Diyorbek qilgan xatosini kech bo‘lsada tushunib yetdi. Ammo bu ishni qilmaganida ota-onasi, ustozlari oldida yuzi yorug‘ bo‘lar edi. 1.Jinoyat nima? 2.Nima uchun jinoyatchiga jazo beriladi? 3.Jinoyat qilishning oqibatlarini aytib bering. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling