Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
Jazo muqarrar (1 soat) 
Inson oilada, jamiyatda qilayotgan ishi va so‘zlayotgan har bir so‘zi
uchun mas’uldir. Uning harakatlari odob-axloq, huquq normalariga mos
kelishligi kerak. Ana shunda el oldida obro‘ - e’tiborga ega bo‘ladi. Aks
xolda hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotib qonun oldida javobgar bo‘ladi. 
Qadimdan davlatlar qonun - qoidalar asosida boshqarilgan. Qonun
qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan insonni “Jinoyatchi” deb atashgan va unga
“Jazo” tayinlangan. Bu jarayon davlat va jamiyatni rivojlantirishda, insonlarni
boshqarishda eng to‘g‘ri yo‘ldir. Amir Temur bobomiz “Kuch adolatdadir” 
deb bejiz aytmaganlar. Buni oila misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan ota-
ona farzandiga bir topshiriqni bersayu agar bola buni bajarmasa ota-ona
bundan xafa bo‘ladi. Bolasiga tanbeh beradi. Bunday holat yana takrorlansa
endi bolaga odob berish, xatosini tushunishligi uchun jazolaydi.
Jazo insonni xatolarini tushunib yetishi, yaxshini yomondan ajratib
olishi uchun qo‘llaniladi. Bunday jarayon jamiyatda adolat o‘rnatish va
fuqorolarni qonunlarga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytiradi. Davlatda qonun
ustuvorligi ta’minlanadi. Insonlarni davlatga bo‘lgan ishonchi ortadi. Agar
jinoyatchiga o‘z vaqtida munosib jazo berilmasa insonlar orasida
jinoyatchilik avj olib ketadi. Jinoyatchiga jazoning muqarrarligi eng to‘g‘ri
yo‘ldir. Inson jazoga sabab bo‘ladigan har qanday ish, harakatdan yiroq
bo‘lish kerak. Buning uchun siyosiy, axloqiy bilimlarni oshirib borish,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini va qonunlarini o‘rganish talab
etiladi.
• Yomonga el bo‘lguncha, yaxshiga bel bo‘l. 
• Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi.


35 
Munosib jazo 
Sobir bilan Akmal bir sinfda o‘qishadi. Ular maktabdagi jamoat ishlari
va yotoqxonadagi ishlarni birga bajaradilar. Bir kuni Sobir yotoqxonani
tozalayotganida qo‘l uchida ish qilib pastda yotgan narsalarni o‘z joyiga
qo‘ymay krovatni tagiga surib tashladi. Oqibatda krovat tagi artilmay qoldi.
Buni ko‘rib turgan Akmal Sobirga “Bu ishing noto‘g‘ri, ustoz ko‘rib
qolsalar jazolaydilar” deb aytdi. Sobir uning so‘zlariga e’tibor bermadi.
Kelgusi safar ham xuddi shunday yo‘l tutgan edi, ustozi buni ko‘rib qoldi.
Ustoz Sobirga tanbeh berdi va uni ogohlantirdi. Sobir ustoziga endi
bunday qilmaslikka va’da berdi. Sobir vadasini tezda unutdi. O‘rgangan
ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek, bir kuni ustozi tashqariga chiqib
ketganidan foydalanib ishlarni chala qildi. Krovatning taglaridagi changlarni
artmadi. Bu qilgan ishi xatoligini bilsada, bilganiga amal qilmadi. Ustozi
kelib qarasa har doimgidek Sobirning ishlari yana chala. 
Ustoz Sobirga qilgan ishining xatosini tushuntirib qo‘yish uchun jazo
tayinladi. Har kuni yotoqxonani barcha ishlarini Sobirning o‘zi qiladigan
bo‘ldi. Qachonki ishlarni to‘g‘ri bajarishni o‘rgansa, shundagina bu ishdan
ozod bo‘lishini aytdi. Sobir olgan jazosi o‘rinli ekanligini tushunib yetdi va
ishga kirishdi. Shundan keyin Sobir ishlarni to‘g‘ri bajaradigan bo‘ldi.


36 
1. Jazo nima? 
2.Aybdorga jazo tayinlashdan maqsad nima? 
3.Qanday jazo turlari bor? 
Hikmatli so‘zlarni yod oling. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling