Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson hayotida dinning ahamiyati (2 soat)
Muomala yarim rizq
Akmal bilan Sardor bir mahallada turishadi. Bir kuni Sardor Akmalga “Bozorga borib ko‘ylak olib kelaylik” deb taklif bildirdi. Akmal bu taklifga rozi bo‘ldi. Akmal tabiatan muloyim, hushmuomala yigit. Sardor esa buning aksi. Qo‘pol va biroz qaysar. Birgalashib bozorga bordilar va bir kiyim do‘koniga kirishdi. Sotuvchi ularni yaxshi kutib oldi. Sardor unga o‘zi uchun ko‘ylak sotib olish niyati borligini aytdi. Sotuvchi unga tushadigan munosib ko‘ylakni ko‘rsatdi. 19 Sardor “Bu ko‘ylakni narhi nech pul” deb so‘radi. Sotuvchi unga “Yuz ming so‘m” deb narx aytdi. Sardor bo‘lsa “Aka bozorda ko‘ylak serob, agar bersangiz ellik ming so‘mga olaman bo‘lmasa majbur emas, sizdan boshqalarda ham ko‘ylak bor” deb sotuvchiga yuzlandi. Uning so‘zlari sotuvchiga yoqmadi va “Mayli bozorni ham bir ko‘ring” deb Sardorga istehzoli qaradi. Akmal shu joyda savdoga aralashdi. Avval sotuvchiga salom berdi va tabassum bilan so‘zlay boshladi. “Aka o‘zingiz ko‘pni ko‘rgan, tushungan odam ekansiz. Ko‘ylagingiz bizga yoqdi. Do‘stimga chu ko‘ylagingizni bering. Nasib qilsa do‘koningizga hali ko‘p kelamiz” dedi. Akmalning chiroyli muomalasidan sotuvchining ko‘ngli yumshab ketdi. “Manabu boshqa gap. Mayli sizlarga berganim bo‘lsin” deb ko‘ylakni qutisiga solib berdi. Akmal bilan Sardor do‘kondan chiqib ketar ekan sotuvchi Akmalga qarab “Do‘konimizni eslab qoling. Biron nima kerak bo‘lsa eshigimiz hamisha ochiq” deb ularni kuzatib qo‘ydi. 1.Muomala madaniyati deganda nimani tushundingiz? 2.O‘zgalar bilan muomalaga kirishganda nimalarga e’tibor berish lozim? 3.Hikoyadagi Sardorning xatosi nimada edi?. Hikmatli so‘zlarni yod oling va mazmunini aytib bering. Inson hayotida dinning ahamiyati (2 soat) Din inson hayotida muhim o‘ringa ega. Insonda diniy e’tiqodning bo‘lishi jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro ishonch tuyg‘ularini shakllanishida yordam beradi. Dinlar insonlarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Yer yuzidagi har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan bir dinga e’tiqod qiladi. Har bir din o‘z urf-odatlari va an’analariga ega. Dunyoda ko‘plab dinlar mavjud. Buddizm, xristianlik va islom dunyo dinlari hisoblanadi. Din so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi. Dinning quyidagi vazifalari bor: ➢ Insonlar dunyoqarashini shakllantirish; ➢ Insonga tasalli berish; 20 ➢ Ularni birlashtirish; ➢ Boshqarish; ➢ Ruhiy va ma’naviy tarbiyalash. Bugun yoshlar orasida turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib, to‘g‘ri yoldan adashib qolayotganlar ham yo‘q emas. Buning asosiy sababi dinni to‘g‘ri tushunmaslik va g‘arazli kuchlarning milliy, diniy qadriyatlarimizga rahna solishidir. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda dinni buzib talqin qilingan diniy mavzudagi ma’ruzalarni eshitish ham sabab bo‘lmoqda. Natijada inson o‘z oilasiga, o‘z vataniga nisbatan munosabati, e’tiqodi buzilmoqda. Yana biz bilishimiz kerak bo‘lgan bir jihat borki buning oqibati ham o‘ta xatarli. Bu “Missionerlik” harakatidir. Ular turli yo‘llar, yolg‘on vadalar bilan sizni o‘z dinlariga da’vat qiladilar. Oqibatda siz ularni yolg‘on so‘zlariga aldanib qolasiz. Shuning uchun milliy qadriyatlarimizni bilishimiz, ularni o‘rganishimiz va asrab-avaylashimiz lozim. Shundagina vatanga sadoqatli, ma’nan yetuk inson bo‘lamiz. • Husn xulqi bilan chiroyli. • Kimning ilmi ko‘paysa so‘zi ozayadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling