Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Insonga e’tibor 
Farida xola ikki qiz farzandini yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazdi. Turmush
o‘rtog‘i baxtsiz hodisa tufayli erta olamdan o‘tib ketgan. Hayotning barcha
sinovlarini yengib o‘tdi. Qizlarini oq yuvib, oq tarab o‘zgalardan kam qilmay
voyaga yetkazdi. Ammo keyingi vaqtlarda biroz tobi qochib, tez-tez kasal
bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Katta qizini turmushga chiqarganiga besh yil bo‘ldi.
Bir necha yildirki turmush o‘rtog‘i bilan chet elda yashaydi. Bir yilda bir
kelib onasining holidan xabar olib turadi. O‘tgan yili kichik qizini ham
turmushga uzatdi. Shundan so‘ng keng hovlida Farida xolani yolg‘iz o‘zi


15 
qoldi. Kichik qizi ham oilali bo‘lganligi uchun bir haftada bir kelib,
onasining holidan xabar olib turadi.
Yaxshiyamki mahalladagi qo‘shnilar bor. Ular doimo Farida xolani
yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Kimdir taom ko‘tarib chiqsa, yana kimdir meva
olib chiqadi. Ba’zilar mehnati bilan, ba’zilar shirin so‘zi bilan uning ko‘nglini
ko‘tarib turishadi. Mahalladoshlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligidan Farida
xola ularning haqqiga doimo duolar qiladi. Yoshi ulg‘aygan mehrga muhtoj
paytida shunday mehribon insonlarning oldida bo‘lganligi tufayli yaratganga
tinmay shukronalar keltiradi.
1.Insonni hurmat qilish deganda nimani tushunasiz?
2.O‘zgalarni hurmat qilishga misollar keltiring.
3.Yuqoridagi hikoyadan nima xulosa oldingiz?
Hikmatli so‘zlarni yod oling va mazmunini aytib bering.
Rostgo‘ylik (1soat) 
Rostgo‘ylik bu har bir inson o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan eng go‘zal
fazilatlardan biri hisoblanadi. Inson har bir so‘zida, ishida, xatti-harakatlarida
doimo to‘g‘ri bo‘lishi kerak. O‘z manfaatiga zid bo‘lsada, haqni haq deya 
olishi lozim. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oilalarning
farovonligi, jamiyat taraqqiyoti, davlatlar ortasidagi diplomatik aloqalar
o‘zaro ishonch va rostgo‘ylik ustiga quriladi. Rostgo‘ylik bor joyda o‘zaro
ishonch bo‘ladi. Oilada, jamoada, jamiyatda rivojlanish bo‘ladi.
Rostgo‘ylikning 
aksi 
bu 
yolg‘onchilikdir.
Yolg‘on ishlatgan insonning obro‘si bo‘lmaydi. Odamlar bu insonga
ishonmay qo‘yishadi. Rostgo‘ylik yo‘qolgan joyda uning o‘rnini shubha,
gumon, ishonchsizlik egallaydi. Bu esa jamiyatni tanazzulga olib boradigan
eng xatarli yo‘ldir. Xalqimizda “Boshingga qilich kelsa ham rost gapir”,
“Rostgo‘ylik najot keltirar” degan hikmarli so‘zlar keng tarqalgan. Ota
bobolarimiz bu so‘zlarga doimo amal qilib kelishgan. 


16 
• To‘g‘ri yurdim – yetdim murodga,
Egri yurdim – qoldim uyatga.
• Shirin yolg‘ondan, achchiq haqiqat yaxshi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling