Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Hunarli qiz
Saida o‘zining odob -axloqi, a’lo baholarga o‘qishi bilan sinfdoshlari ichida ajralib turar edi. U o‘zining tirishqoqligi va uddaburonligi tufayli barcha ustozlari ko‘nglidan joy olgan. Maktabdagi o‘quvchilarga va sinfdosh do‘stlariga birdek mehribon. Saida o‘zining ustida hamisha talabchan bo‘lib, “Bugungi ishni ertaga qo‘yma” shioriga doimo amal qilib kelgan. Maktabdagi turli tadbirlar va jamoat ishlarida faol qatnashadi. Maktabdagi ustozlaridan chevarchilik sirlarini ham o‘zlashtirib oldi. Bu yil viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Mehrli qo‘llar” yarmarkasida u ham o‘z qo‘li bilan tikkan kiyimlari bilan ishtirok etdi. U tikkan kiyimlar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Bir nechta tadbirkorlar unga ish taklif qildilar. Hatto viloyat hokimi ham uning mehnatini qadrlab “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. 1. Kelajak deganda nimani tushunasiz? 2. Muvaffaqiyat nima? 3. Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz? 10 Himmatli so‘zlarni yod oling. II bo‘lim. Axloqiy tarbiya Ne’matlarni qadrlash (2 soat) Har bir inson aziz va mukarram qilib yaratilgan. Dunyodagi barcha ne’matlar uning farovon, baxtli, saodatli hayot kechirishi uchun xizmat qiladi. Bizga berilgan ne’matlarni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Qachonki biz bu ne’matlarni anglab qadriga yetsak shundagina insoniylik burchimizni bajargan bo‘lamiz. Insonga berilgan eng ulug‘ ne’matlar quyidagilar: ➢ Sog‘lik-salomatlik; ➢ Ota-ona, yaqinlarining yonida bo‘lish; ➢ Tinchlik, omonlik, xotirjamlikda hayot kechirish; ➢ O‘z yurtida yashash; ➢ O‘z mehnati bilan rizq topish; ➢ O‘z huquqlaridan foydalana olish; ➢ Atrofida sadoqatli, mehribon do‘stlarining bo‘lishi. 11 Bu ne’matlarning barchasi inson hayotining mazmun mohiyati, farovon hayotining bosh omilidir. Tafakkur qilsak dunyoda qanchadan - qancha insonlar ochlikdan aziyat chekmoqdalar. Juda ko‘p insonlarning yashaydigan uyi yo‘q. Ba’zi insonlar bir umrga sog‘lik ne’matidan mahrum bo‘lishgan. Qaysidir yurtlarda insonlarning huquqlari poymol qilinmoqda yoki qonli to‘qnashuvlar, urushlar ichida yashamoqda. Shunday yurtlar borki, ularda doimo issiq harorat kuzatiladi. Ba’zilarida esa buning aksi insonlar sovuq haroratda yashashga majbur. Mana shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Endi o‘zimizga bir savol beraylik. Har birimiz bizga berilgan ne’matlarni qadriga yetayapmizmi? Qanchadan qancha insonlar tinchlik ne’matini his qilgani yo‘q. Ko‘pchilik yoshlar ilm olish, hunar o‘rganish o‘rniga vaqtlarini behuda, bema’ni narsalar bilan o‘tkazmoqdalar. Ayrim yoshlar ota-onasi, ustozlari, o‘z yaqinlariga qo‘pol muomala qilib ularning dillarini og‘ritmoqda. Ba’zi o‘rinlarda hatto nonni, mevalarni, shirinliklarni, taomlarni ham isrof qilish ularni qadriga yetmaslik holatlari kuzatilmoqda. Muqaddas islom dinimizda dengizning yonida bo‘lsa ham suvni isrof qilmaslikka buyurilgan. Ammo ayrim joylarda suvni isrof qilish holatlari ko‘p kuzatiladi. Tasavvur qilish uchun bir misol. Bir daqiqada suv jo`mragidan 10-12 litr suv tushadi. Agar shuni bir soatga oladigan bo‘lsak 600 litr, bir kunda 14400 litr suvni isrof qilinar ekan. Shuni unutmaslik kerakki, kim ne’matlarni qadriga yetmasa bir kun kelib ularga zor bo‘ladi. Shuning uchun doimo tejamkor, tadbirli, oqil inson bo‘lishga intilish kerak. • Odob oltindan qimmat. • Tejamkorlar xor bo‘lmaslar. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling