Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Ustozning nasihati  
Shahnoza ilmli, ma’rifatli oilada voyaga yetdi. Uning ota-onasi
farzandini odobli, ilmli, rostgo‘y inson bo‘lishiga harakat qilishar edi.
Shahnoza ulg‘aygan sari undagi go‘zal fazilatlar namoyon bo‘la boshladi. 
Maktabdagi ustozlari uni hurmat qilishar, sinfdoshlari esa unga o‘xshashga
intilishar edi. Kunlarning birida Shahnoza uy yumushlari bilan band bo‘lib uy
vazifasini unutib qo‘ydi. Ertasi kuni dars jarayonida o‘qituvchisi “Kim uy
vazifasini bajarmagan bo‘lsa o‘rnidan tursin” deb so‘radi. Dars qilmagan
o‘quvchilar birin-ketin o‘rinlaridan turdilar. Shahnoza ham o‘rnidan turdi.
Uning dars qilmagan o‘quvchilar qatorida turganini ko‘rib sinfdoshlari hayrat
bilan unga qarashdi. Ustozi ham buni kutmagan edi.
O‘qituvchi nima uchun darsni o‘z vaqtida bajarmaganligini
o‘quvchilardan so‘rab chiqdi. O‘quvchilarning ba’zilari turli hil bahonalar
bilan ustoziga yolg‘on so‘zlarni aytishdi. “Kimdir boshim og‘rib qoldi” desa,
yana kimdir “Uyga mehmon kelib qoldi” deb ustozini ishontirmoqchi bo‘ldi.
Shahnoza bo‘lsa “Ustoz, kecha uy yumushlari bilan bo‘lib dars qilishni


17 
unurib qoldiribman. Endi boshqa qaytarilmaydi, meni kechiring” deb
to‘g‘risini aytdi. Ustozi ham uning rostgo‘yligini bilar edi. Shunda ustozi
o‘quvchilarga qarab “Har biringiz har qanday vaziyatda rostgo‘y bo‘ling.
Yolg‘on gap insonni rizqini qisqartiradi. O‘zaro ishonch rishtalariga putur
yetkazadi” deb o‘quvchilariga nasihat qildi. Shunda ustoziga yolg‘on
gapirgan ba’zi o‘quvchilar qilgan ishlaridan pushaymon bo‘ldilar.
1.Rostgo‘ylik deganda nimani tushunasiz? 
2.Yolg‘on bilan rostgo‘ylik ortasida qanday farq bor.
3.Agar siz Shahnozaning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l
tutardingiz.

 
Hikmatli so‘zlarni yod oling va mazmunini aytib bering. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling