6-rasm. STEAMni qo‘llash ta’lim va tarbiya jarayonini
takomillashtirish darajasi
3-savol. Bolalarni kreatiy fikrlovchi inson sifatida kamol
toptirishda qanday ta’lim shaklidan foydalanganimiz ma’qul deb
o‘ylaysiz?
Tadqiqot jarayonining eng uzoq vaqt davomida yoritilgan
qismi ayni ushbu savol bo‘ldi, chunki javob beruvchilar umumiy
ko‘rsatkich bo‘yicha MTT direktori, ota-ona, pedagog, boshqa
soha vakilari va psixologlarni o‘z ichiga oladi. Demak javoblarni
quyidagi jadval orqali yoritib o‘tamiz:
Demak jadvalda umumlashtirilgan natijalar shuni
ko‘rsatadiki, savol doirasida Integratsion yoki Frontal usullardan
yoki qaysi ta’lim shakllaridan foydalanishning qulayligi, jarayon
va muhitning ta’lim jarayonidagi ta’siri yoritib o‘tilgan.
Navbatdagi 4-savol Texnologiyalardan foydalanishda
qanday usullardan foydalanish maqsadga muvofiq deb
o‘ylaysiz?
Foizlar kesimida ko‘rib chiqamiz:
•
Seminarlar tashkil etish va uni o‘tkazish;
•
Omaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar tashkil
etish;
•
Qo‘llanma va tarqatma materiallari ishlab chiqish;
•
Kadrlar malakasini xorijiy davlatlarda oshirish;
•
Ustoz-shogird an’analarini takomillashtirish;
•
Malaka oshirish kurslari tashkil qilish;
•
Ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish va bolaning
MTT va uy muhitini maqbullashtirish;
•
Pedagoglar uchun maxsus IT kurslar tashkil qilish.
Yuqorida berib o‘tilgan javoblar tadqiqot davomida har bir
javob beruvchining fikrini inobatga olgan holda shakllantirilgan
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga
qaratilgan tadqiqotimiz maqsadi STEAM va boshqa zamonaviy
metodlardan foydalanish, ta’lim jarayonida ularni qo‘llash
yuqoridagi takliflarni inobatga olgan holda amalga oshirilishini
ko‘rsatib bergan.
Interviewning 5-savoli: “Tadqiqot mavzusi STEAMni
qanday maqbul usul orqali MTTda ta’lim va tarbiya jarayoni
shakli sifatida qo‘llashimiz mumkin?”
Do'stlaringiz bilan baham: |