Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. STEAM ni qo‘llashni maqbul usuli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
7-rasm. STEAM ni qo‘llashni maqbul usuli. 
 
Berilgan javoblar yana umumlashtirgan holda ko‘rsatib 
o‘tilmoqda va tadqiqotning muhokma qismida tadqiqot 
qatnashchilaridan olingan javoblar batafsil bayon qilingan. 
 
TADQIQOT MUHOKAMASI
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni 
alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab 
beradi. 
O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir 
nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi 
va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha 
ta’lim milliy madaniyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va 
qadriyatlarning xazinasi, bolalarda milliy, ijodiy, mustaqil 
tafakkurni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, ifodalovchi hamda 
boshqa fanlarni mukammal, puxta o‘zlashtirilishiga asos 
bo‘luvchi bo‘g‘in sifatida qaralib, innovatsion ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar asosida takomillashtirishga alohida ahamiyat 
berilmoqda. Bu esa MTT metodik faoliyatini tashkil etishda 
pedagog-tarbiyachilarning tinimsiz izlanishi, o‘z faoliyatini 
uzluksiz takomillashtirib borishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ham, maktabgacha ta’lim 
tizimiga doir islohotlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimini 
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham “o‘qitish 
usullarini 
takomillashtirish, 
ta’lim-tarbiya 
jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bolani kichik yoshdan ta’lim 
olishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish 
kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo, maktabgacha 
ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini tashkil 
etishda metodik jihatdan isloh qilish, xalqaro ta’lim standartlari 
asosida pedagog –tarbiyachi faoliyatini metodik jihatdan 
rivojlantirish, faoliyatni sifati va samaradorligiga alohida e’tibor 
qaratishni taqozo qiladi.
O‘zlashtirish 
va qo‘lash 
Malaka 
oshirish 
kurslari 
orasiga 
texnologiya 
haqidagi 
fanni 
qo‘shish 
Sharoit 
yaratish va 
resurs 
bazasini 
kengaytirib 
olish. 
Ijobiy 
takliflar 
Bosqichma 
bosqich olib 
kirish 
73,80%
24,60%
3%
0,00%
20,00%
40,00%
60,00%
80,00%
Ijobiy
salbiy
befarqman


 
www.herald.uz
 
50
Chunki ana shundagina bolalarning xalqaro dasturlarda 
ishtirokini ta’minlash, o‘z ovoziga ega bo‘lishiga zamin yaratiladi. 
Dunyoning rivojlangan davlatlarida MTT pedagog xodimlarining 
faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga erishish bir 
qator yondoshuvlarni taklif etadi. Bu yondashuv kelajakda 
bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. 
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya
Isroil, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida 
pedagog tarbiyachilar bolalarni ijodiy va ixtirochilik 
qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv 
metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. 
Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan 
texnologiyalar joriy etilmoqda. Kelajakda bugungi bolalarning 
65 foizi hozirda hali kashf etilmagan kasblarni egallaydi. 
Kelajakdagi 
mutaxassislar 
texnologiya, 
ilm-fan 
va 
muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va 
bilimlarga muhtoj bo‘ladi
13
.
STEAM ta’lim taraqqiyotiga e’tibor qaratar ekanmiz AQSh 
Mehnat statistikasi byurosi bergan statistik ma’lumotlariga 
binoan quyidagi ma’lumotlarni kuzatishimiz mumkin: 
1.
STEM ish o‘rinlari 8,8% o‘sishi prognoz qilinmoqda. 
2017 va 2029 yillar oralig‘ida STEAM bo‘yicha ish o‘rinlari soni 8 
foizga o‘sadi, bu STEAM sohasi bo‘lmagan ishlarga qaraganda 
yuqoriroq natijani ifodalaydi va - hisoblash, muhandislik ilg‘or 
ishlab chiqarishdagi pozitsiyalarda yetakchilik qiladi. 
2.
Xususan, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bandligi 22 
foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2019-2029 yillardagi ish 
o‘rinlari istiqboliga kelsak, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda 
bandlik 22% o‘sishi kutilmoqda.
3.
Pyu tadqiqot markazining 2018 yilgi maqolasida 
bergan bayonotida aytilishicha STEM kasblarida bandlik 1990 
yildan beri 79% o‘sdi - 9,7 milliondan 17,3 milliongacha.
4.
Amerika Qo‘shma Shtatlarning ta’lim komissiyasini 
xabar berishicha STEAM ishlari bo‘yicha o‘rtacha soatlik ish haqi 
38,85 dollarni tashkil qiladi. AQShdagi boshqa barcha turdagi 
ish o‘rinlari uchun o‘rtacha daromad bilan solishtirganda - 19,30 
dollar - STEAM bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga nisbatan ko‘proq 
haq to‘lanishini kuzatishimiz mumkin. 
5.
2020 yilda STEM kasblarining oʻrtacha yillik ish haqi 
89 780 dollarni tashkil etdi. Bu STEM bo‘lmagan kasblarga 
qaraganda ikki baravar ko‘p, bu yerda o‘rtacha yillik ish haqi 
40,020 dollarni tashkil etdi. 
6.
Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi PISAga 
natijalariga ko‘ra, AQSH matematika boʻyicha 64 mamlakat 
ichida 30-oʻrinni, fan boʻyicha 11-oʻrinni egalladi. 
7.
Girlswhocode.org tomonidan xabar qilingan va Milliy 
Qizlar 
hamkorlik 
loyihasi 
tomonidan 
e’lon 
qilingan 
ma’lumotlarda o‘rta maktab o‘quvchilarining 74 foizi 
muhandislik, fan va matematika fanlariga qiziqish bildirmoqda 
va 14,4% talabalar kompyuter fanini mutaxassislik sifatida 
tanlaydi. 
8.
2019-yilda Emerson tomonidan oʻtkazilgan STEAM 
haqida o‘tkazilgan soʻrovnomada AQSh da 3 nafar ayoldan 2 
nafari STEAM asosidagi sohalarda faoliyat olib borishga qiziqish 
bildirishgan. 
9.
Computerscience.org orqali berilgan ma’lumotlarda 
aytilishicha 
Hozirgi 
kunda 
Ayollar 
informatika 
fani 
bakalavrlarining atigi 18% ni tashkil qiladi. Mehnat statistikasi 
byurosi prognozlariga ko‘ra, 2026 yilga kelib, kompyuter fanlari 
bo‘yicha tadqiqot ishlari 19 foizga o‘sadi
14
.
Demak statistik ma’lumotlar STEAM texnologiyasini 
bugungi iqtisodiyot va mehnat bozoriga ham ta’sir 
o‘tkazganligini ko‘rsatadi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, 
kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib 
13 http://hozir.org/davlat-universitetining-pedagogika-instituti-
pedagogika-fakult.html?page=43
borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida 
loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida 
analitik fikr yuritishda tanqidchi sifatida kerakli texnologiya 
hisoblanadi va bu jarayon o‘yinlar orqali yuzaga keltiradi. 
Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy 
tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot 
yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga 
integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari - 
uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish 
qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, ular fikrlarni to‘plashadi va fikr 
almashadilar. 
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, 
dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, 
muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish 
qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-
o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, 
bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. Bu 
yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, 
samolyotlar va avtomobillarni “ishga tushirib”, suv osti va havo 
tuzilmalarini “rivojlantirib”, sinovdan o‘tkazish orqali, har safar 
ular yangi natijalarga erishishadi. Yaxshi natija bermagan 
“mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib 
borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, 
maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va 
quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga 
ko‘proq ishonch uyg‘otadi. 
STEAM texnologiyasidan MTT ta’lim tizimida kengroq 
foydalanish orqali biz bolalarni ijodkorlik qobiliyatini 
rivojlantiramiz, ijodkor bolalar esa kelajak bunyodkorlari 
hisoblanishadi. Agar ijodiy va innovatsion yechimlar hech 
qachon ishlab chiqilmaganda, dunyo bir joyda turardi. Ijod 
muammoni hal qilishda mutlaqo yangi va eng muhimi, samarali 
yondashuvni o‘z ichiga olishi kerak. Har bir faoliyat sohasi ijodiy 
g‘oyalarni yaratish va amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘ziga 
xos cheklovlarga ega. Xuddi shunday, odamlarning ijodiy 
fikrlash qobiliyati va ehtiyojlari ham har xil. Biz esa bu borada o‘z 
imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solmayapmiz. Shuning uchun, 
maxsus texnologiyalar va texnikalar yordamida o‘zida mavjud 
yashirin ijodiy qobiliyatlarni kashf qilish mumkin bo‘lgan ijodiy 
treninglar foydali bo‘lishi mumkin va bolalarni kelajagiga ta’sir 
qiladi. 
Demak STEAM ni joriy etish orqali biz nafaqat ta’lim 
tarbiya jarayoni balkim bolalarning aqliy, jismoniy, estetik va 
mehnat tarbiyasini ham zamonaviy metodlar asosida 
shakllantirishimiz mumkin. 
Tadqiqot 
maqsadi 
ham 
Maktabgacha 
Ta’lim 
Tashkilotlarining mashg‘ulotlar jarayonida nafaqat STEAM balki 
zamonaviy texnologiyalar, metod va baholash tizimlarini qo‘lash 
uchun yetarli bo‘lgan zarur shart sharoit va imkoniyat borligini 
aniqlashdan 
iborat 
hisoblanadi. 
Tadqiqot 
davomida 
foydalanilgan So‘rovnoma va Interview metodlarida aniqlangan 
natijalarning tahlil qiladigan bo‘lsak ushbu texnologiyani Ta’lim 
tizimimizda yuqori ko‘rasatkich bilan omalashmaganligini 
So‘rovnoma jarayonida olingan javoblar orqali bilib olishimiz 
mumkin. Texnologiya haqida ma’lumotga egamisiz deb berilgan 
savolgan bildirilgan fikrlar yangilikning pedogogik jamoalar 
orasida muhokamaga olingani lekin batafsil tushunchalarning 
berilmaganligini ko‘rsatib bergan. 
Pedogogik kadrlarning texnologiyadan foydalanishda 
tajribaga ega ekanligini aniqlovchi savollardan esa ularning 
to‘laqonli ma’lumotga ega emasliklarini, lekin aksariyat 
pedogoglarda qiziqish uyg‘onganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Mashg‘ulot jarayonlarida texnologiyadan foydalanib kelayotgan 
tarbiyachilar esa o‘z tajribalarining o‘rtoqlashishga hissa qo‘sha 
olishlarini bildirishgan. 
Keyingi tahlil esa nafaqat pedogogik jamoa balki boshqa 
soha vakillari va ota-onalarning fikrlarini ham umumlashtirgan 
holda STEAM texnologiyasidan foydalanish kelajakda 
14 https://www.idtech.com/blog/stem-education-statistics



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling