Qo’qon xonligida ma’daniy hayot


Yangi mavzuni qisqacha tushuntirish


Download 44.96 Kb.
bet2/3
Sana27.12.2022
Hajmi44.96 Kb.
#1068114
1   2   3
Bog'liq
8-F sinf.Qo\'qon xonligi.Aliyeva N

Yangi mavzuni qisqacha tushuntirish. Rasmlar yordamida. G’azallari o’quvchilar tomonidan aytiladi.Umarxon va uning umr yo’ldoshi, mashhur o’zbek shoirasi Nodiraning sa’y – harakatlari natijasida XIX asr boshlarida Qo’qon ilm-ma’rifat markaziga aylanadi va bu yerda Qo’qon adabiy muhiti shakllandi. Umarxonning o’zi “Amiriy” taxallusi bilan ko’plab she’rlar yozgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy , Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o’z ichiga olgan “Majmuai shoiron” to’plamini tuzdi.
1.Umarxon va ma’daniy muhit.
Xonliklarning savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan Qo’qon , Marg’ilon, Andijon,Namangan< Toshkent va boshqa shaharlari , ayni paytda madaniyat markazlari ham edi. Chunonchi, birgina Qo’qon shahrida 120ta maktabxona, 40ta madrasa va masjid, Marg’ilonda 80ta maktabxona,10 ta madrasa va masjid faoliyat yuritar edi. Bu yerda XVIII-XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat sohasida mashhur ijodkorlar yetishib chiqdi. Qo’qon xoni Umarxon esa ilm, madaniyat, adabiyot rivojigamadrasalarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilashga , turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor berdi.
Umarxonning o’zi “Amriy ” taxallusi bilan ko’plab she’rlar yozdi. Uning atrofida 70dan ortiq shoir to’plandi. 1821-yilda Fazliy Namangoniy , Umarxon amriga binoan, 63shoirning she’rlarini o’z ichiga olgan “Majmuai shoiron” to’plamini tuzdi. 10ming misradan ortiq o’zbek, fors – tojik tilidagi g’azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to’plangan devon yaratildi.
Arab va fors tillaridagi o’zbek tiliga tarjima qilindi.
Maxmur va Gulxaniy
Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur XVIIIasr oxirida tug’ilib,1844-yilda vafot etdi. Qo’qondagi Madrasayi Mirda ta’lim oldi. Keyin qo’shimcha sipohilik qildi. Maxmurning hajviy she’rlari devoni saqlangan bo’lib, unda 69ta asar jamlangan. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog’onaga ko’targan. Hajviy asarda xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga olar edi. Xususan, “Hapalak” she’rida Hapalak qishlog’ida xalq hayotining ayanchli manzarasini aks ettirsada aslida bu she’r butum xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi.Mazkur she’rda quyidagi satrlar bitilgan edi:
Xalqini so’rasang agar,o’lasi-yu, qoq-u xarob,
Ochligidan egilib, qomati misli kamalak
Bori yo’q uylarini , banda , bayon gar qilsam
BIr katak, ikki kappa, uch olachuq, to’rt katalak.
O’zbek mumtoz adabiyotininh tanqidiy yo’nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keying davrdagi qalam ahlining hajvgo’ylik ijodiga samarali ta’sir ko’rsatdi.

Download 44.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling