Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Dan tayyorlanadigan maxsulot tayyorlash texnologiyasi


Mustahkamligi yuqori cho’yanlar. Q


Download 13.96 Kb.
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi13.96 Kb.
#1365493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar-kompy.info

Mustahkamligi yuqori cho’yanlar. Quymakorlik cho’yanlarining puxtaligi va plastikligini oshirish uchun ularni qolipga quyishdan avval unga ozgina (cho’yan massasining 0,4-0,6% da) modifikatorlar (masalan, alyuminiy kukuni, magniy yoki uning qotishmasi (20% Mg va 80% Ni) kiritiladi. Bunda masalan, A1 cho’yandagi kislorod bilan Al2O3 beradi. U esa qo’shimcha kristallanish markazlari bo’ladi, mag­niy esa aktiv element bo’lgani sababli kristallanayotgan grafit sirtiga o’tib, uni yupqa parda bilan qoplaydi, barcha yo’nalishlarda sekin va bir tekisda o’sishga olib keladi. Mustahkamligi yuqori cho’yanlarning markalanishi. Bu cho’yanlarning markalaridagi «VCH» harflari mustahkamligi yuqori cho’yanligini, undan keyingi raqamlar cho’yanning cho’zilishga mustahkamligini bildiradi. Masalan, VCH45 markali cho’yanda VCH-mustahkamligi yuqori cho’yanligini, 45 raqami esa uning cho’zilishga mustahkamligini (kgk/mm2) bildiradi. Legirlangan cho’yanlar. Agar oddiy cho’yanlar tarkibiga ma’lum miqdorda Ni, Mo, Sg, Su, W va boshqa elementlar kiritilgan bo’lsa, bunday cho’yanlar legirlangan cho’yanlar deyiladi. Legirlangan cho’yanlar korroziyabardosh, ishqalanishga chidamli, kam eyiladigan va boshqa xossalarga ega. Bu xil cho’yanlarning CHX9N5, CHX16M2, CHX22, CHX28 2 va boshqa markalari bor.
http://kompy.info
Download 13.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling