Qora va rangli metal qotishmalari


Download 141.44 Kb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi141.44 Kb.
#1032718
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-materialshunoslik slayd

Qalayli brоnzalar mis-qalay sistemasidagi qotishmalardir. Tarkibida 5-6 % dan ortiq qalay bo’lgan qotishmalarni bosim bilan ishlab bo’lmaydi, chunki ular mo’rtlashadi, ular quymabop bronzalardir.
Quymabop bronzalar jumlasiga Br.O 10; Br.OTsSN 3-7-5-1; Br.OTsS 3-12-5; Br.OF 10-1; Br.OTs 10-2 va boshqa rusumli bronzalar kiradi. Quymabop bronzalardan mashinalarning yuqoriroq bosimli bug’da va sho’r suvda ishlaydigan detallari quyiladi.
Qalay qimmat turadigan metall bo’lgani uchun qalayli bronzalar zarur hollarda ishlatiladi. Ko’pincha ularning o’rniga maxsus bronzalar (alyuminiyli, kremniyli, marganetsli, berilliyli, qo’rg’oshinli) ishlatiladi.
Kremniyli brоnza lar (Br. K 3, Br. KTs 3-9, Br. KS 3-6 va h.k.) ning meхaniх хоssalari qalayli brоnzalarnikidan yuqori turadi. Kremniyli bronzalarning qolipga quyilish va kesib ishlanish xossalarini yaxshilash uchun unga rux yoki qo’rg’oshin qo’shiladi. Tarkibida nikel ham bo’lgan kremniyli bronzalar 8750S gacha qizdirilib, so’ngra toblangandan keyin 4500S gacha qizdirilib bo’shatilsa, ularning mexanik xossalari quyidagicha bo’ladi: v=50 N/mm2, δ=15%. Kremniyli bronzalardan ishqalanuvchi sharoitda 2500S gacha haroratda ishlaydigan detallar tayyorlanadi.
Marganetsli bronzalar ning mexanik xossalari uncha yuqori emas, ammo ancha plastik va olovbardosh qotishmadir. Masalan, Br.Mts5 rusumli bronza o’zining mexanik xossalarini 400-500 0S da ham saqlaydi.
Kuniallar (mis – nikel - alyuminiy) tarkibida 6-13% nikel, 1,5-3% alyuminiy bo’lib, qolgani misdan iborat. Kuniallarga termik ishlov beriladi (toblash - eskirtirish). Kuniallar mustahkamligi yuqori bo’lgan detallar, prujinalar va boshqa elektrotexnik buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Neyzil’berlar (mis – nikel - rux) tarkibida 15% nikel, 20% rux bo’lib, qolgani misdan iborat. Neyzil’berlar kumushga yaqin, yoqimli oq rangga ega. Ular atmosfera ta’siridan korroziyalanishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, asbobsozlikda, soat ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Mel’xiorlar (mis – nikel va oz miqdorda temir hamda 1% gacha marganets qo’shilgan bo’ladi) ning korroziyaga chidamliligi (ayniqsa, dengiz suvida) yuqori. Ular issiqlik almashib turadigan apparatlar, shtamplab va chekankalab tayyorlanadigan buyumlarga ishlatiladi.

Download 141.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling