Qora va rangli metal qotishmalari


Kopel’ (mis – 43% nikel – 0,5% marganets) – termoparalar tayyorlashda ishlatiladigan termoelektrodli qotishma. Manganin


Download 141.44 Kb.
bet3/4
Sana19.12.2022
Hajmi141.44 Kb.
#1032718
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-materialshunoslik slayd

Kopel’ (mis – 43% nikel – 0,5% marganets) – termoparalar tayyorlashda ishlatiladigan termoelektrodli qotishma.
Manganin (mis – 3% nikel - 12% marganets) – solishtirma elektr qarshiligi yuqori bo’lgan maxsus qotishma bo’lib, elektrotexnikada elektr isitkich elementlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqtosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 yil). Aluminiy yer po‘stining og‘irlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, ya’ni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi o‘rinda turadi. Metall holidagi Aluminiyni birinchi marta 1825-yil Hans Christian Ørsted topgan. Aluminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng ko‘p uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (mas, tuproqning asosiy qismi bo‘lgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. O‘zbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Farg‘ona viloyatlari) topilgan
Aluminiyning ko‘pgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislo-tali reaksiya ro‘y beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil bo‘ladi. Aluminiy tarkibining sofligiga qarab o‘ta sof, juda sof va texnik sof xillarga bo‘linadi. O‘ta sof Aluminiy (Aluminiy 999 markali) 0,001% gacha qo‘shimchaga, juda sof Aluminiy (Aluminiy 995. Aluminiy 99, Aluminiy 97, Aluminiy 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Aluminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AYE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qo‘shimchaga ega bo‘ladi. Aluminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qo‘shiladi.
Titan (Titanum), Ti — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 22, atom massasi 47,88. Titan (unsur) oraliq metallarga kiradi. Titan (unsur) massa sonlari 46 (7,95%), 47(7,75%), 48(73,45%), 49(5,51%), 50(5,34%) boʻlgan 5 ta barqaror izotopdan iborat. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari ham maʼlum. 1795 yilda nemis kimyogari Titan (unsur) Klaprot TiO2 (rutil) nomaʼlum elementning oksidi ekanligini aniklagan va oʻsha elementga Titan (unsur) nomini bergan [Titan (unsur) nomi yun. afsonasidagi titanlar — Uran (Osmon) va Geya (Yer)ning bolalari nomidan olingan]. 1925 yilda Niderlandiya olimlari VanArkel va de Bur titan (IV)yodidni choʻgʻ holatidagi volfram simda parchalash yuli bilan sof Titan (unsur)oldilar. 
Platina nodir va tarqoq element. Ural, Sibir, Jan. Amerika, Alyaska, Kanada va Jan. Afrikada Platina konlari bor. Yer poʻstining massa jihatidan 5-10~7%ni tashkil qiladi. Sof Platina ilk bor 1803 yilda Vollaston tomonidan olingan. Platina, shuningdek, Yer poʻstida Platina bilan uchraydigan va xossalari oʻxshash boʻlgan elementlar haqida platina (tugʻma platina), Platina metallari, Platina rudalari maqolalariga 

Download 141.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling