Kobalt - kimyoviy elementlar davriy jadvalining to‘rtinchi davrning to‘qqizinchi elementi. Formulasi Co. Kobaltning formulasi, uning lotincha nomi – «Cobaltum»ning dastlabki ikki harfidan kelib chiqqan bo‘lib, u olmon tilidagi «kobold» — «uy pakanasi», «uy gnomi» ma’nolarini angltadi.
Kobaltli birikmalar insoniyatga qadimdan ma'lumdir. Chunonchi qadimgi Misr ehromlarida, moviy kobaltli oynalar, emal, hamda bo‘yoqlar topilgan. Masalan Tutanhamon sag‘anasidan sayqallangan moviy kobaltli oyna qoldiqlari juda ko‘p miqdorda topilgan bo‘lib, lekin ularga haqiqatan ham inson ishlov berganmi, yoki, bu tabiiy ta'sirlar natijasida shunday holatga kelganmi, hozircha noma'lum. (Kobaltli moviy bo‘yoqlarni tayyorlashning zamonaviy usuli 1800-yillar atrofida yuzga kelgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |