Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi Xolbo'tayev Xasan


Download 25.88 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi25.88 Kb.
#1558160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi

Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi. U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o‘zaro ta’siriga ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi hayotning ma’nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo‘ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog‘liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan me’yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o‘zaro til topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.

Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling