Qoraqalpoq davlat universtiteti Fizika fakulteti 2-v guruh talabasi Sobirov Muzaffarbekning Optika fanidan ishlagan mustaqil ishi Mavzu
Optik asboblarning ajrata olish qobiliyati
Download 1.12 Mb.
|
Optika mustaqil ish
Optik asboblarning ajrata olish qobiliyati.
Optik asboblarning buyumning bir-biriga yaqin turgan kichik turgan kichik detal (nuqta)larining alohida tasvirlarini berish qobiliyati asbobning ajrata olish qobiliyati deb ataladi. Aberratsiyalari yo’qotilgan ideal optik asbobgina buyumning har b bir nuqtasini nuqta ko’rinishida tasvirlaydi. Lekin amalda hatto ideal optik sistema bo’lganda ham, ya’ni unda barcha aberratsiya bartaraf etilganda ham, nuqtaviy manba doiracha shaklida tasvirlanadi. Bunga yorug’lik dastasining chegaralanganligi tufayli sodir bo’ladigan yorug’lik difraksiyasi sabab bo’ladi. Har qanday optik asbobning obyektivida kirish qorachig’i (teshigi) bo’ladi. Obyektivning kirish qorachig’ida yorug’likning difraksiyalanishi shunga olib keladiki, kuzatilayotgan buyum nuqtalarining tasvirlari endi nuqta emas, balki xira va yorug’ halqalar bilan hoshiyalangan yorug’ doiracha (difraksion doiracha)lardan iborat bo’ladi (12-a rasm) va bu hol tasvirning nozik tavsilotlarini farq qilish imkoniyatini cheklaydi. Agar buyumning ko’rilayotgan nuqta (detal)lari bi-biriga yaqin turgan bo’lsa, u holda ularning tasvirlari-difraksion doirachalar biror darajada o’zaro bir-birini qoplashi mumkin (12-b rasm). 12-rasm. Agar buyumning ikkita yaqin nuqtalari (masalan, 12-d rasmda 1 va 2 nuqtalar) tasvirlarining yorug’ doirachalari (obyektning fokal tekisligidagi 1` va 2` doirachalar) bir-birini shu doiracha radiusi kattaligidan ortiq o’lchamda qoplamasa, u holda bu yaqin (1 va 2) nuqtalar tasvirlarini alohida ko’rish mumkin bo’ladi. Agar doirachalar o’z radiuslaridan kattaroq o’lchamda qoplanadigan bo’lsa (12-e rasm), u holda nuqtalarni alohida ko’rish mumkin bo’lmay qoladi, endi asbob bunday nuqtalarni alohida ko’rsatmaydi, bir-biridan ajrata olmaydi-optik asboblarning ajrata olish qobiliyati yetmaydi. Shu narsani qayd etish kerakki, obyektiv diametri (optik asbob kirish diametri)ni kattalashtirilib borilsa, tasvirdagi difraksion buzilish kamayib boradi. Ammo obyektivning diametri ortib borganda obyektiv linzalarining nuqsonlari-aberratsiyalar (masalan, sferik aberratsiya) tufayli buzilish ham ortib boradi. Bu ikkala hol optik asboblar yordamida buyum tafsilotlarini farq qilish imkoniyatini cheklab qo’yadi. Buyumning ikki nuqtasini alohida ko’rish mumkin bo’lgan eng kichik dl masofa (12-d rasmga qarang) yoki dφ burchak masofa ajrata olish masofasi deyiladi. Ajrata olish masofasiga teskari bo’kgan kattalik optik asbobning ajrata olish qobiliyati yoki ajrata olish kuchi deyiladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling