Qoraqalpoq davlat universtiteti Fizika fakulteti 2-v guruh talabasi Sobirov Muzaffarbekning Optika fanidan ishlagan mustaqil ishi Mavzu


Download 1.12 Mb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1429421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Optika mustaqil ish

Ko’rish trubalari
Olisdagi narsalarni ko’rish uchun ko’rish trubalari ishlatiladi. Ularning turli tipdagi durbinlardan tortib astronamik telesko’plargacha bo’lgan xilma-xil variantlari mavjud. Osmon jismlarini kuzatish uchun ishlatiladigan ko’rish trubalarini teleskoplar deb, ikki ko’z bilan ko’rishga imkon beradigan ko’rish trubalarini durbinlar deb ataladi. Ko’rish trubalari refraktor va ko’rish trubalari reflektorlar bir-biridan farqlanadi. Ko’rish trubalari-refraktorlarda linzalar sistemasida nurlarning sinishi natijasida ko’rish burchagining kattalashishiga olib keladi. Ularda obyektiv ham, okulyar ham linzalar sitemasidan iborat bo’ladi. Ko’rish trubalari reflektorlarda obyektiv linza bo’lmay, balki katta diametrli parabo’lik botiq ko’zgudan iborat bo’ladi. Kepler va Galileyning ko’rish trubalari refraktorlarga kiradi. Shu ko’rish trubalarining tuzilishi va unda tasvir hosil bo’lishi bilan tanishib chiqaylik.

  1. Kepler trubasi.

Kepler trubasi umumiy opti o’qqa ega fokusli obyektivdan va lupa kabi ishlaydigan qisqa fokusli okulyardan tuzilgan (5-rasm). Obyektivning orqa fokusi okulyarning oldingi fokusi bilan ustma-ust tushadi. Buyum juda uzoqda bo’lgani uchun uning yuqori A chekkasidan kelayotgan parallel nurlar optic o’qqa nisbatan burchak ostida obyektivga tushadi. Bu nurlar ularga parallel qo’shimcha optik o’q obyektivning orqa Q fokal tekisligi bilan keshishgan nuqtada to’planadi. Buyumning B chekkasidan kelayotgan parallel nurlar ham obyektivga optik o’qqa nisbatan burchak ostida tushib, obyektivdan o’tgandan so’ng Q fokal tekislikda nuqtada to’planadi.
Shunday qilib, okulyarningoldingi fokal tekisligida cheksiz uzoqlikdagi buyumning haqiqiy va teskari tasviri hosil bo’ladi. Okulyar uchun tasvir buyum vazifasini bajaradi va u cheksiz uzoqlikda kattalashgan mavhum tasvir hosil qiladi.
5-rasm.
5-rasmdan ko’rinishicha, kuzatuvchi buyum tasvirini burchak ostida ko’radi va . Kepler trubasining burchak kattalashtirishi quyodagi formuladan aniqlanadi:

Bunda: -obyektivning focus masofasi; -okulyarning focus masofasi. Demak, Kepler ko’rish trubasining keraklicha burchak kattalashtirishiga erishish uchun imkoni boricha uzun fokusli obyektivdan va qisqa fokusli okulyardan foydalanish lozim bo’ladi.
Galiley trubasi. Galiley ko’rish trubasida okulyar o’rnida sochuvchi linza ishlatiladi. Bunda obyektiv va okulyarning orqa fokuslari va deyarli ustma-ust tushadi (6-rasm).
Olisda joylashgan buyumning yuqori A chekkasi va o’rta qismidan kelayotgan parallel nurlar ularning yo’lida sochuvchi linza bo’lmaganda obyektivning orqa Q fokal tekislikda tasvirni bergan bo’lar edi. Lekin ular sochuvchi linzada sinib, yana parallel nurlarga aylanadi. Trubaning okulyaridan qaralganda ko’z olisda buyumning kattalashgan mavhum tasvirini ko’radi (6-rasmda ko’z tasvirlanmagan).
6-rasm.
7-rasm.
7-rasmda ko’zguli teleskopning tuzilish sxemasi ko’rsatilgan. Olisdagi buyum- yoritgichdan kelayotgan parallel nurlar dastasi M botiq ko’zguga tushib, undan qaytadi va ko’zguning fokal tekisligida yoritgichning haqiqiy, teskari va kichiklashgan tasviri hosil bo’ladi. Bu tasvirga qarash qulay bo’lishi uchun M ko’zguning fokal tekisligiga yaqinroq qilib nurni ga burib beruvchi C yassi ko’zgu o’rnatiladi. Yoritgichning botiq ko’zgudagi tasvirini xuddi lupa kabi ishlaydigan O okulyar orqali kuzatiladi. Teleskopning trubasi ko’zguga chetki yorug’likning tushishidan himoya qiladi. Teleskoplar astronomic kuzatishlarda muhim rol o’ynaydi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling