Qoraqalpoq xalqi madaniyati


Tadqiqot ob’ekti va predmeti


Download 1.18 Mb.
bet2/4
Sana02.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1420536
1   2   3   4
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Ilmiy izlanishning tadqiqot ob’ekti va predmeti sifatida Zarafshon vohasi qoraqalpoqlarining ijtimoiy, madaniy hayotining rivojlanishiga doir tarixini o‘rganish dala tadqiqotlari, yozma manbalar asos qilib olindi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Izlanishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – Zarafshon vohasi qoraqalpoqlarining ijtimoiy, madaniy hayotining rivojlanishi tarixini o‘rganilishi masalalariga kengroq to‘xtalib o‘tishdan iborat. Dissertasiya mavzusining mazmun-mohiyati va asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda mazkur ish oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- Qoraqalpoqlarning kelib chiqishi tarixi va etnogenezi va tranformatsion jarayonlar sifatida vatanimiz tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish;
- Qoraqalpoqlar etnografiyasi va etnik tarixi o‘rganilishiga urg‘u berish;
- Zarafshon vohasiga qoraqalpoqlarning kelib joylashuvi, tranformatsion jarayonlarini har tomonlama yoritish;
- Sovet davrida Zarafshon vohasi qoraqalpoqlarining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti tarixini yoritish;
- Qoraqalpoqlar kundalik hayotida ijtimoiy institutlarning o‘rni va rolini ko‘rsatib berish;
- Zarafshon vohasi qoraqalpoqlari madaniy rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishining mazmun mohiyatini yoritish;
- Qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoliyatining ayrim jihatlarini ochib berish;
-O‘zbekistonning ijtimoiy, madaniy taraqqiyot rivojida qoraqalpoq vakillarining o‘rni va rolini ko‘rsatib berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertasiyada shu vaqtga qadar tadqiqot mavzusi sifatida yoritilmagan Zarfshon vohasi qoraqalpoqlari tarixi o‘rganildi va quyidagi natijalarga erishildi:
- Qoraqalpoqlarning kelib chiqishi tarixi va etnogenezi va tranformatsion jarayonlar sifatida vatanimiz tarixida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi;
- Zarafshon vohasiga qoraqalpoqlarning kelib joylashuvi, tranformatsion jarayonlarini har tomonlama yoritib berildi;
- Sovet davrida Zarafshon vohasi qoraqalpoqlarining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti tarixini manbalar asosida yoritib berildi;
- Qoraqalpoqlar kundalik hayotida ijtimoiy institutlarning o‘rni va rolini ko‘rsatib berildi;
Zarafshon vohasi qoraqalpoqlari madaniy rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishining mazmun mohiyatini yoritib berildi;
- Qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoliyatining ayrim jihatlarini birinchi marta ochib berildi;
-O‘zbekistonning ijtimoiy, madaniy taraqqiyot rivojida ayrim qoraqalpoq vakillarining o‘rni va rolini ko‘rsatib berish orqali ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi yoritildi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling