Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti
Vaksinatsiya jarayoniga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak
Download 0.64 Mb.
|
COVID-19 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob boʻyicha xulosa
Vaksinatsiya jarayoniga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak
Koronavirusga qarshi emlashning salbiy oqibatlari xavfini kamaytirish uchun emlashga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak: emlashdan oldin oʻzingizni qanday his qilayotganingizni diqqat bilan kuzatib boring, kasallik, shamollash belgilari boʻlsa, emlashni kechiktiring; emlashdan oldin ikki hafta davomida kasallar bilan aloqa qilishdan saqlaning; emlashdan ikki kun oldin Antikor qon testini oʻtkazing; koronavirusga qarshi emlashdan ikki hafta oldin Immunomodulyatorlar va immunostimulyatorlarni qabul qilmaslik kerak; emlashdan oldin, soʻnggi ikki hafta ichida qabul qilingan barcha dorilar, ayniqsa immunitetni ragʻbatlantiruvchi dorilar haqida doktoringizga xabar bering; spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan kamida bir kun oldin yoki emlashdan keyin uch kungacha voz keching; antigistaminlarni qabul qilishning hojati yoʻq, ular immunitet reaktsiyasining shakllanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar va tavsiyalarga rioya qilinmasa, nojoʻya taʼsirlar xavfi yuqoridir. II bob boʻyicha xulosa Xozirgi kunda birgina Jurabek Laboratories, SP OOO korxonasi tomonidan COVID-19 kasalligida ishlatiladigan Gam-kovid-vak (kombinirovannaya vektornaya vaksina dlya profilaktiki koronovirusnoy infeksii, vыzыvayemoy virusom sars-cov-2) hamda Rekombinantnaya vaksina zf-uz-vac 2001 (protiv novogo tipa koronavirusa) ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda tibbiyot amaliyotida ishlatilishi uchun ruxsat etilgan xorijiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan 51 savdo nomida MDX mamlakatlaridan 14 savdo nomda Oʻzbekistondan 2 ta savdo nomida vaksina dori vositalari roʻyxatdan oʻtgan. Jami 67 ta savdo nomni tashkil etadi. Koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalar Chet el ishlab chiqaruvchilari tomonidan 5 savdo nomida MDX mamlakatlaridan 4 savdo nomda jami 9 ta savdo nomida kayd etilgan. Umumiy summada tahlil natijalariga koʻra 2020-yilda 18 593 627,7 dollarlik, 2021-yilda esa 122 697 164,79 dollarlik vaksina dori vositalari import qilingan. 2021-yil 2020-yilga nisbatan vaksinalar ulushi: mikdori buyicha 15,63%. Summasi buyicha- 13,56%. Vaksinalarga nisbatan koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vakatsinalar ulushi- 2020-yil mikdori buyicha 37,63%; Summasi buyicha- 30,16% , 2021-yil mikdori buyicha 35,5%; Summasi buyicha- 8,7 % tashkil etdi. Vaksinalar dori vositalarining 2017-2021-yilda sertifikatlashtirilgan miqdorlari dinamikasi asosida 2022-yil uchun istiqboli oʻrtacha oʻsish suratini oʻrtacha miqdoridan foydalanib 2022-yil uchun istiqboli aniqlandi. Oʻzbekistonda Koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalarga boʻlgan talabning yetarli ekanligi inobatga olgan holda mahalliy farmatsevtika korxonalarini tashkil etish maqsadga muvofiq buladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling