Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Flavonoidlar va vitaminlar bilan davolash


Download 0.64 Mb.
bet16/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

Flavonoidlar va vitaminlar bilan davolash
— rutozid — 1-2 tabletkadan kuniga 3-4-marta;
— S vitamini — ovqatdan keyin 50-100 mgdan kuniga 3-5-marta.
Dezintoksikatsion terapiyasi bilan davolash
Suyuqlikning yetarli miqdorda kiritilishi (kuniga 2,5-3,5 litr ѐki undan koʻp, agar somatik patologiyaga qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa). Yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, shuningdek, qorin boʻshligʻida noqulaylik (diskomfort), koʻngil aynish va / yoki qusish holatlarida, suyuqlik ichirilishiga ѐki kiritilishiga monelik qiluvchi shishli sindromlarda enterosorbentlar (kolloidli kremniy dioksidi, polimetilsiloksanpoligidrat va boshqalar) qoʻllanilishi tavsiya etiladi.
Ogʻir bemorlarda (jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimida), agar koʻrsatmalar boʻlsa, infuzion terapiya oʻtkaziladi:
- elektrolitli eritmalar bilan;
- glyukoza eritmasi (5%) askorbin kislotasi va panangin bilan;
- albuminning 10-20% li eritmasi — 5-10 / 2-5 mg / kg miqdorda tomir ichiga tomchilab, (gipoalbuminemiya bilan ogʻrigan bemorlar uchun);
- reamberin (Natriy xlorid + Kaliy xlorid + Magniy xlorid + Natriy gidroksidi + Meglumina natriy suksinat) — daqiqasiga 90 tomchigacha (1-4,5 ml / min) tomchilab yuboriladi — sutkada 400-800 ml.; 13
- remaksol (Suksin kislotasi + Nikotinamid + Inozin + metionin + N-metilglukamin) – tomir ichiga, tomchilatib 40-60 tomchi / min (2-3 ml / min) — kuniga 400-800 ml.
Infuzion terapiya bemorning holatini, shu jumladan qon bosimini, oʻpkaning auskultativ xolatini, gematokritni (0,35 l / l dan past boʻlmagan) va siydik ajratishini xisobga olgan xolda nazorat ostida amalga oshiriladi. Infuzion terapiyada ehtiѐt boʻlish kerak, chunki suyuqlikni haddan tashqari quyish qonning kislorod bilan toʻyinganligini pasaytirishi mumkin, ayniqsa oʻpkaning cheklangan sunʼiy nafas oldirilishi sharoitida. Miya shishi va oʻpka shishi oldini olish uchun bemorlarga majburiy diurez fonida infuzion terapiya oʻtkazish tavsiya etiladi (laziks / furosemid 1% li — 2–4 ml mushak orasiga ѐki tomir orasiga ).
Muttasil yoʻtal paytida balgʻam chiqishini yaxshilash uchun mukoaktiv dorilar buyuriladi (atsetilsistein, ambroksol, karbotsistein, aralash preparatlar, jumladan oʻsimliklardan tayѐrlangan dorilar ekstraktlari.
Bronxolitik ingalyasion terapiya (nebulayzer ѐrdamida) salbutamol, fenoterol, kombinatsiyalangan preparatlar (ipratropiya bromid / fenoterol) ѐrdamida bronxial obstruktiv sindrom mavjud boʻlsa tavsiya etiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling