Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalar assortimenti tahlili


Download 0.64 Mb.
bet12/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

2.3. Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalar assortimenti tahlili
Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida vaksina dori vositalari savdosi bilan shugʻullanayotgan ulgurji dorixonalar statistik maʼlumotlari, Oʻzbekiston Respublikasida qayd etilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari Davlat reestrining 2017-2022-yillardagi 21-26-sonlarida keltirilgan maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi olib keltirilgan va sertifikatlashtirilgan vaksina dori vositalari mavjud.
Tahlil natijalariga koʻra chet el ishlab chiqaruvchilari tomonidan 51 savdo nomida MDX mamlakatlaridan 14 savdo nomda Oʻzbekistondan 2 ta savdo nomida vaksina dori vositalari roʻyxatdan oʻtgan. Jami 67 ta savdo nomni tashkil etadi.
Koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalar xorijiy davlatlarda ishlab chiqaruvchilari tomonidan 5 savdo nomida MDX mamlakatlaridan 4 savdo nomda jami 9 ta savdo nomida qayd etilgan 2.3.1-rasmda keltirilgan.

2.3.1-rasm 2017-2021-yillarda vaksina dori vositalarini foiz tahlili
Qayd etilgan vaksina dori vositalaridan qay birlarini Oʻzbekiston tibbiyotida ishlatilayotganligi tahlili oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida ishlatilishi uchun ruxsat etilgan 2017-2021-yillarda sertifikatlashtirilgan vaksina dori vositalari tahlili olib borildi.
Koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar boʻyicha yetkazib berish tuzilmasi tahlili shuni koʻrsatdiki, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yetkazib berishlari MDH davlatlaridan roʻyxatga olingan dori vositalari soni boʻyicha 1,7 barobar koʻp (2.3.2-rasm).

2.3.2-rasm. Vaksinalarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tomonidan yetkazib berish tuzilmasi
Shu bilan birga, xorijiy ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi oʻrinlarni Hindiston va Rossiya egallab turibdi, ularning ulushi import qilinadigan vaksinalar tarkibida 46% va 27% ni tashkil qiladi (2.3.2-rasm).Olib borilgan tadqiqotlar Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida vaksinalarni isteʼmol qilishning ijobiy tendensiyasini koʻrsatmoqda.
Hozirgi kunda faqat birgina mahalliy ishlab chiqaruvchi Jurabek Laboratories, QQ MCHJ tomonidan COVID-19 pandemiyasida ishlatiladigan ikki xil dori vositasi ishlab chiqarilmoqda. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti bilan Jurabek Laboratories, QQ MCHJ birgalikda MCHJ “V-GEN BIOPHARMA” korxonasi tashkil etildi.
Ushbu korxonada, birinchi navbatda COVID-19 virusini oldini olishga qaratilgan vaksinani ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda ikki turdagi vaksina mahalliy korxonada tayyor holatda olib kelinib qadoqlanmoqda.
MCHJ “V-GEN BIOPHARMA” korxonasida esa ushbu vaksinalarni toʻlaligicha noldan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling