Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Dunyo boʻyicha koronavirus kasalligiga oid asosiy maʼlumotlar


Download 0.64 Mb.
bet9/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

1.3 Dunyo boʻyicha koronavirus kasalligiga oid asosiy maʼlumotlar
Koronavirus barcha yuqumli kasalliklar orasida 1-oʻrinni egallaydi (90% dan yuqori). Dunyoda har yili 500 milliondan ortiq odam koronavirus
bilan kasallanadi. [3.12].
JSST maʼlumotlariga koʻra har yili dunyoda koronavirus epidemiyasi paytida aholining 60% gacha kasal boʻlib, ularning 1% i vafot etadi.
Yurak-qon tomir kasalliklari, koronavirus epidemiyasi paytida nafas olish yoʻllari patologiyasi boʻlgan bemorlarda oʻlim darajasi sogʻlom odamlar guruhiga qaraganda 50-100 baravar yuqori.
Shu bilan birga, koronavirusdan keyingi asoratlar nafaqat xavf ostida boʻlgan odamlarda, balki yosh, ilgari sogʻlom odamlarda ham yuz beradi. Koronavirusning har bir tarqalishi tegishli mintaqaga va mamlakat aholisi sogʻligʻiga va iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi.
Koronavirus dunyo boʻyicha tarqalgan boʻlib, u bilan har qanday yoshdagi guruhdan, har qanday odam kasallanishi mumkin.
Koronavirus oson yuqadi va maktablarda, qariyalar va nogironlik uylarida, tashkilotlarda hamda shaharlarda tez tarqaladi. Bemor odam yoʻtalganda virus bilan zararlangan soʻlak tomchilar havoga tarqaladi. Ularni boshqa odamlar nafas olish orqali ichiga yutadi va virus taʼsiriga uchraydi. Shu bilan birga, koronavirus, virus bilan ifloslangan qoʻl orqali ham yuqadi.
Koronavirus virusi asosan yuqori xavfli guruh oʻrtasida (chaqaloqlar, homilador ayollar, keksalar yoki surunkali kasal shaxslar) shifoxonaga yotqizishga va oʻlimiga olib keladi. JSST baholashicha, dunyoda bir yili kasallikning epidemiyasi mavsumida 250 mingdan — 500 mingacha (ularning koʻpchiligi 65 yoshdan kattalar), baʼzida esa 1 mln.gacha odam koronavirus kasalligidan vafot etadi.
Koronavirus odamdan odamga tez yuqadi. Vaqti-vaqti bilan epidemiya va pandemiya koʻrinishda tarqalib turadi. Ushbu kasallikning qoʻzgʻatuvchisi – beshta turli koronavirus viruslari: Alfa, Beta, Delta, Gamma va Omikron. Odamlar oʻrtasida doimiy sirkulyatsiyada boʻlganligi va genetik materialni almashib turishi sababli, ushbu viruslar tez oʻzgaruvchanlik xususiyatiga ega.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling