Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Oʻzbekiston respublikasida koronavirus va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimi


Download 0.64 Mb.
bet7/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

Oʻzbekiston respublikasida koronavirus va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimi.

Koronavirus va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, osoyishta sanitar-epidemiologik holatni taʼminlash hamda aholi salomatligini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar belgilangan. Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi yoʻlga qoʻyilgan. Bunda aholini va infeksiya yuqishi xavfi yuqori boʻlgan guruhlar oʻrtasida koronavirus hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar profilaktikasi boʻyicha bir qator vazifalar qoʻyilgan:
- infeksiya yuqishi xavfi yuqori boʻlgan va koronavirusning ogʻir oqibatlariga duchor boʻlgan shaxslarning mavsum oldi vaksinatsiyasini oʻtkazish uchun ularning asosli kontingentini aniqlash;
- koronavirusga va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga qarshi kurashish boʻyicha preparatlarga va tibbiy vositalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni oʻrganish hamda Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratish uchun asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash;
- xavfi yuqori boʻlgan vazirlik va idoralarning xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mavsumiy koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash boʻyicha idoralararo chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Vaksina bu yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetni yaratish uchun moʻljallangan tibbiy preparat. Vaksina zaiflashgan yoki oʻldirilgan mikroorganizmlardan yoki ularning genetik muhandislik yoki kimyoviy vositalar yordamida olingan antigenalaridan tayyorlanadi.


Emlash tamoyillari:
Emlash organizmda maʼlum xotira hujayralari paydo boʻlishi orqali moslashuvchan immunitet reaksiyasini ragʻbatlantiradi. Keyinchalik shu agent bilan infeksiyalanish tezkor immun reaksiyasini keltirib chiqaradi.
Tasniflash:
➖ Tirik vaksinalar. Jonli vaksinalar zararsiz zaiflashgan mikroorganizmlarning shtammlari asosida tayyorlanadi. Vaksinaning shtammlari emlangan inson tanasida koʻpayadi va emlash infeksiyasi jarayonini keltirib chiqaradi. Emlangan insonlarning aksariyatida emlash infeksiyasi aniq klinik belgilarsiz oʻtadi va barqaror immunitetning shakllanishiga olib keladi. Jonli vaksinalar qatoriga quyidagilar kiradi: qizilcha, qizamiq, poliomiyelit, sil kasalligi, tepkiga qarshi emlash vaksinalari.
➖ Korpuskulyar vaksinalar. Korpuskulyar vaksinalar zaiflashgan yoki oʻldirilgan mikroblarni (virionlarni) oʻz ichiga oladi.
➖ Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar mikrob hujayralardan olingan antigen tarkibiy qismlardan yaratiladi. Bunda, mikroorganizmning
immunogen xususiyatlarini aniqlaydigan antigenlar ajratib olinadi.
➖ Rekombinant vaksinalar. Ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish uchun genetik muhandislik usullar qoʻllanilib, antigen ishlab chiqaradigan xamirturush hujayralariga mikroorganizmning genetik materiali kiritiladi. Xamirturushni oʻstirgandan soʻng, kerakli antigen ajratib olinadi, soʻng tozalanib vaksina tayyorlanadi. Bunday vaksinalarning misoli — gepatit B vaksinasi, shuningdek, odam papilloma virusiga qarshi vaksina.
Vaksinalarning bioekvivalentligi va koronavirusga qarshi preparatlarning samarodorligini laboratoriyada nazorat qilish choralarini hamda dori preparatlari va tibbiy buyumlarni roʻyxatga olish tartibini yanada takomillashtirish masalalari yoʻlga qoʻyilgan. Bunda Virusologiya ITI negizida koronavirusga qarshi vaksinalar, diagnostika hamda virusga qarshi davolash preparatlarining faolligi va samaradorligini baholash oʻtkazilishini taʼminlash (vaksinalar va virusga qarshi preparatlarni ekspertdan oʻtkazib baholashning klinik-laboratoriya bazasini yaratish). Keyingi bosqichlarda koronavirus hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash uchun dori vositalari va tibbiy ahamiyatdagi buyumlarni roʻyxatga olish tartibini takomillashtirib, muddatlarni qisqartirishni nazarda tutish. Yuqumli kasalliklar statsionarlarida, tugʻruq komplekslarida va perinatal markazlarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning filiallarida koronavirusga tashxis qoʻyish ekspress-testlari hamda koronavirusga qarshi maxsus preparatning qayta tiklanadigan zaxirasini yaratish. Oʻtkir respirator infeksiyalarning ogʻir shakllariga chalingan bemorlarni davolash uchun profili statsionarlarning jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimlarini: vital funksiyalarni nazorat qilish uchun pulsoksimetr va monitorlar bilan; kapnograflar va sarf materiallari bilan; qondagi gazlarni nazorat qilish apparatlari va ular uchun sarf materiallari; oʻpkani noinvaziv sunʼiy ventilyasiya qilish apparatlari va ular uchun niqoblar; rezervuarlari boʻlgan kislorod niqoblari; oʻpkani yuqori chastotali sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari; nebulayzerlar; nafas olish filtrlari; havoning bakteritsid retsirkulyatorlari; ekstrokarporal mebranali oksiginatsiya uskunalari hamda boshqa sarf materiallari bilan jihozlash.
Mavsumiy koronavirusni oldini olish uchun har yili, ayniqsa xavfli guruh oʻrtasida koronavirusga qarshi emlash tavsiya etiladi. kerak.
Soʻnggi vaqtlargacha koronavirusni davolash, issiq tushiruvchi, yoʻtalga qarshi va balgʻam koʻchiruvchi vositalar hamda vitaminlar bilan oddiy koʻrinishda boʻlgan. Hozirgi vaqtda ayrim davlatlarda koronavirus kasalligini zamonaviy virusga qarshi vositalar bilan samarali oldi olinmoqda va davolanmoqda. Ularni kasallikning erta davrlarida (belgilari paydo boʻlgandan keyin 48 soat ichida) qabul qilish maqsadga muvofiq. Biroq, koronavirus virusining baʼzilarida virusga qarshi preparatlarga chidamliligi ortib borib, bu esa davolash samaradorligini chegaralamoqda.
Asoratsiz kechayotgan koronavirus kasalligini antibiotiklar davolamaydi, chunki antibiotiklar faqat bakterial infeksiyalarga taʼsir qiladi (koronavirus ularga kirmaydi). Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, odamlar koʻpincha koronavirusni davolashda birlamchi holatlarda, shifokorlar tavsiya qilgan dori-vositalarini emas, balki oʻz bilganlaricha dori vositalarni qabul qiladilar. Koronavirus kasalligida oʻz bilganicha davolanish, qimmatli vaqtni boy berib, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling