Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Oʻzbekiston respublikasi boʻyicha sanitariya epidemiologik holatining tahlili


Download 0.64 Mb.
bet8/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

1.2. Oʻzbekiston respublikasi boʻyicha sanitariya epidemiologik holatining tahlili
Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat sogʻligʻini saqlash xizmati tomonidan joriy yilning 6 haftasi boshida, yangi ilmiy izlanishlar asosida ishlab chiqilgan respirator viruslarni aniqlash uchun 10 turdagi reagentlar xarid qilindi. Ushbu toʻplamlar bilan koronavirussimon kasalliklar bilan ogʻrigan yangi bemorlardan keltirilgan surtma naʼmunalari hamda yil boshidan keltirilgan surtma naʼmunalari qayta tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida quyidagilar aniqlandi: mavsum boshidan koronavirusga oʻxshash kasallik (GOʻK) holatlarining 41,9%da OʻRVI aniqlandi. Jami OʻRVIda musbat natijalarning 66,7% rinoviruslarga, 27,6% parakoronaviruslarga, 5,5% mavsumiy koronovirusga toʻgʻri keldi. Joriy yilning 6 haftasida GOʻK bemorlaridan olingan laborator tahlillarning 40,0%da musbat natija aniqlandi, bular rinoviruslarga toʻgʻri keldi.
Mavsum boshidan beri GOʻK holatlarining 7,0%da yangi koronavirus SARS-CoV-2 aniqlangan. Soʻnggi 13 haftada (2020-yilning 47-haftasidan 2021-yilning 6 haftasigacha) GOʻK holatlarini laborator tekshiruvida yangi SARS-CoV-2 koronavirusi aniqlanmadi. Soʻnggi 7 kunda boshlangan OOʻRI. Kasalxonaga yotqizish talab etilgan holatda yoki quyidagi kasallik belgilari namoyon boʻlganda-anamnezda tana harorati 38C-yoʻtal, hansirash yoki nafas olishning qiyinlashishi. Eng yuqori ogʻir oʻtkir respirator infeksiyalar (OOʻRI) bilan kasallanish koʻrsatkichlari 15-29 yosh guruhlarida roʻyxatga olindi. Boshqa yosh guruhlarida kasallik oʻzgarmagan xolda past koʻrsatkichlarda roʻyxatga olingan [3.2].
Oʻtkir respirator infeksiyalarini koʻtarilish mavsum boshidan OʻRI bilan kasallangan bemorlar oʻrtasida koronavirus musbat natijalari aniqlanmadi. Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat sogʻligʻini saqlash xizmati tomonidan joriy yilning 6 haftasi boshida, yangi ilmiy izlanishlar asosida ishlab chiqilgan respirator viruslarni aniqlash uchun 10 turdagi reagentlar xarid qilindi. Ushbu toʻplamlar OʻRI bilan ogʻrigan yangi bemorlardan keltirilgan surtma naʼmunalari hamda yil boshidan keltirilgan surtma naʼmunalari qayta tekshirildi. Tekshiruvlar natijasida quyidagilar aniqlandi: mavsum boshidan OʻRI holatlarining 30,0% OʻRVI aniqlandi. Jami OʻRVIda musbat natijalarning 37,1%-parakoronaviruslarga, 33,3% rinoviruslarga, 18,5% mavsumiy koronavirusga, 7,4%adenoviruslarga va 3,7% metapnevmovirusga toʻgʻri keldi. Joriy yilning 6 haftasida OʻRIlaridan olingan laborator tahlillarning OʻRVI musbat natijalari bir xil nisbatda adenoviruslar, rinoviruslar va metapnevmoviruslarga toʻgʻri keldi. Mavsum boshidan OʻRI holatlarining 23,3%da yangi SARS-CoV-2 koronavirusi aniqlandi 2021-yilning 4 haftasidan 6 haftasigacha OʻRVI holatlari laborator tahlil natijalarida yangi SARS-CoV-2 koronavirusi aniqlanmadi [3.2].
Koronavirus va OʻRVI haftalik milliy byulletenida koronavirus, OʻRI va ularning ogʻir turlari shuningdek oʻtkir zotiljam kasalligining 2021-yil 6 haftasida respublika boʻyicha hamda Toshkent shahar tayanch punktlaridagi epidemiologik vaziyat haqida tahlil etilgan. Shuningdek tahlilda kasallik aholi oʻrtasida eng koʻp va turli xil yosh guruhlari ichida roʻyxatga olinayotganligi, hamda bemorlardan olingan laborator tahlil natijalari haqida yoritilib berilgan.
2021-yil yanvar oyida koronavirus boʻyicha epidemik vaziyat 2020-yil yanvar oyiga nisbatan kasallik koʻrsatkichi 39,1%ga, oʻtkir respirator infeksiyalar 41,3%ga va oʻtkir zotiljam kasalligi koʻrsatkichi 36.5%ga pasayganligi kuzatildi. Joriy yilning yanvar oyida koronavirus kasalligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida, Buxoro va Toshkent viloyatlarida roʻyxatga olindi. Kasallikning eng past koʻrsatkichlari Andijon, Samarqand, Namangan va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Joriy yilning oʻtgan oyida oʻtkir zotiljam kasalligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida va Andijon viloyatida roʻyxatga olindi. Kasallikning eng past koʻrsatkichlari Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida roʻyxatga olingan. Gripp va oʻtkir respirator infeksiyalarining (OʻRI) mavsumiy koʻtarilish (2020-yilning 40xaftasi) davridan boshlab barcha Oʻzbekiston hududida koronavirus kasalligi faolligi pastligicha qolgan. Respublika aholisi oʻrtasida grippga oʻxshash kasalliklar (GOʻK) bilan kasallanish koʻrsatkichi 2021-yilning 6haftasida 2021-yilning 5 haftasiga nisbatan 60,0%ga, 2020-yilning 6 haftasiga nisbatan esa 86,7%ga kamaygan.
2021-yilning 6 haftasida respublika aholisi oʻrtasida OʻRI bilan kasallanish koʻrsatkichi 2021-yilning 5 haftasiga nisbatan 4,2% koʻpaygan, 2020-yilning 6 haftasiga nisbatan esa 36,9% kamaygan. OʻRI kasalligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida roʻyxatga olingan. Joriy yilning 6 haftasida OʻRI kasalligi koʻrsatkichlari epidemik boʻsagʻadan 45,1%ga past. 2020/21 va 2019/20 mavsumlardagi OʻRI koʻrsatkichi 10000 aholiga nisbatan [3.4].
Oʻtkir zotiljam bilan kasallanish koʻrsatkichlari joriy yilning 6 haftasida 2021yilning 5 haftasiga nisbatan 20,0%ga koʻpaygan, 2020-yilning 6 haftasiga nisbatan esa 53,8%ga kamaygan.
Koronavirusga oʻxshash kasallik holatini standart aniqlash:-oʻtkir boshlanishi:–kasallik boshlanganiga 10 kundan oshmaganligi:–tana haroratining yuqoriligi, 38S va undan yuqori (koʻrikda yoki anmanezda) -yoʻtal. GOʻK bilan kasallanganlarni yoshma-yosh tahlil qilinganda barcha yoshdagi aholi oʻrtasida kasallikni kamayganligi kuzatilib, past koʻrsatkichlarda qayd etildi [3.10].
Oʻtkir respirator infeksiya (OʻRVI) holatini standart aniqlash-oʻtkir boshlanishi (soʻnggi 10kunda), respirator belgilarning kamida bittasi kuzatilganda-yoʻtal, tomoqda ogʻriq, hansirash, rinit. OʻRIlarda 5-14 yoshlilardan tashqari barcha yoshdagi aholi oʻrtasida kasallikni oʻsishi kuzatildi. Shu bilan birga kasallik yuqori koʻrsatkichlarda 5-14 yoshdagi bolalar oʻrtasida qayd etildi. Kasallikni eng kam koʻrsatkichlarda 65yosh va
undan katta yoshdagi aholi oʻrtasida roʻyxatga olingan. 2020-yilning 40 haftasidan boshlab shu bugungi kungacha oʻtkazilgan koronavirusga tekshirish uchun olingan laborator tahlillarda musbat natija aniqlanmagan [1.11].

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling