Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti
Download 0.64 Mb.
|
COVID-19 (2)
Epidemiologiyasi. Asosiy infeksiya manbai ѐvvoyi va uy hayvonlari, hamda bemor odam hisoblanadi. Kasallik havo – tomchi, havo-chang va muloqot yoʻli orqali yuqadi.
Ikkilamchi yuqtirish holatlari (bemordan-sogʻlom odamga), tibbiѐt xodimlari va bemorlar oila aʼzolari oʻrtasida kuzatilgan. Barcha holatlarda infeksiya bemor bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslarda kuzatilgan. Kasallikni yuqtirish omillari, oziq-ovqatlar, uy-roʻzgʻor buyumlari ham boʻlishi mumkin. Koronavirus bemorlariga tibbiy ѐrdam koʻrsatish paytida kasallik tibbiѐt xodimlariga shifoxona sharoitida yuqishi ham mumkin. Uxan shahridagi shifoxonalarning birida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan va ularga tibbiy ѐrdam koʻrsataѐtgan shifokorlarning 15 nafariga kasallik yuqqanligi haqida xabarlar bor. Kasallik yer yuzida keng tarqalgan boʻlib katta ѐshdagi kishilarning 80% ida virusga qarshi antitelolar borligi aniqlangan. Mavsumga qarab koronavirus infeksiyasi barcha yuqori nafas yoʻllari kasalliklarining 10-35% ini tashkil qiladi. Koronavirus infeksiyasi kuzning oxiri, qish va bahorning boshlarida koʻp uchraydi. Klinikasi: Kasallik klinikasi virus yuqqandan soʻng 2-4 kun oʻtgandan keyin namoѐn boʻladi. Kasallik oʻtkir, tana haroratining oshishi, 7 yaqqol rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. Shuningdek, bolalarda nafas olganda koʻkrak qafasida ogʻriq, yoʻtal, quruq hushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Koronavirus infeksiyasi oʻtkir pnevmoniya bilan asoratlanishi mumkin. Koʻkrak qafasi rentgenografiyasida oʻchoqli ѐki interstitsial infiltratlar aniqlanadi. Ogʻir hollarda nafas olish aʼzolari faoliyati ѐmonlashib, ikkinchi haftada kasallik respirator belgilari rivojlanishi, kattalarda turli aʼzolar funksiyasining buzilishi kuzatiladi. Baʼzan boʻyin limfa tugunlari kattalashadi. Koronavirus infeksiyasining oʻtkir gastroenterit koʻrinishida kechishi ham aniqlangan. Odatda Xitoyda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning 25 % ga yaqiniga kasallikning ogʻir shakli deb tashxis qoʻyilgan. Kasallikning ogʻir shakllarida nafas yoʻllarining pastki qismlari jarohatlanib zotiljam, sepsis, septik shok belgilari paydo boʻladi va bemorning oʻlishiga sabab boʻladi. Bu kasallik 1-3 kun davom etadi va bemor toʻliq tuzaladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling