Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti


Download 0.64 Mb.
bet2/22
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
COVID-19 (2)

Ilmiy yangiligi. Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalarning assortiment tahlili va narx siyosati tahlilini oʻtkazish, isteʼmolga taʼsir qiluvchi omillarni tahlil qilish, tahlil natijalarida vaksinalardan iqtisodiy samarador, optimal foydalanish, mahalliylashtirish takliflarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Marketing tadqiqotlari asosida tibbiyot amaliyotida va koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalarni taʼminlash jarayonini oʻrganish.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Bitiruv malakaviy ishini birinchi bobida farmatsevtika sohasiga oid meʼyoriy hujjatlar, sohadagi yutuq va kamchiliklar boʻyicha maʼlumotlar keltirildi. Ikkinchi bobda esa tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan vaksinalar va koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalarni assortiment tahlili, vaksinalarning farmatsevtika bozoridagi segmentini oʻrganish va vaksinalarning farmatsevtika bozoridagi konyukturasi oʻrganildi. Bundan tashqari vaksinalar boʻlgan talab va narx siyosati xam tahlil qilindi.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tahlil usullaridan keng foydalanildi. Xususan, taqqoslash, ketma-ket oʻrniga qoʻyish, balans bogʻliqligi, grafik usul, korrelyatsion regressiya kabi maxsus usullardan foydalanildi. Shuningdek, narx indeksi, inventarizatsiya maʼlumotlari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot, buxgalteriya balansi va qator ilmiy va oʻquv uslubiy qoʻllanmalardan foydalangan holda tadqiqot olib borildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan koronavirus profilaktikasida ishlatiladigan vaksinalar assortimenti, narx siyosati, ular isteʼmoliga taʼsir qiluvchi omillar tahlil qilindi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ichida vaksina ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan korxonalar tashkil etishni taklifi asoslantirildi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling