Qoraqalpoqiston tibbiyot instituti
Ish tuzilmasining tavsifi
Download 0.64 Mb.
|
COVID-19 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB FARMATSEVTIK MARKETING TADQIQOTLARI VA KORONAVIRUS PANDEMIYASINI OLDINI OLISHNING ASOSIY YOʻNILASHLARI
Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi 62 betdan iborat boʻlib, kompyuter matnida terilgan. U kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, olingan natijalar va ularning muhokamasi, xulosa, adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 81 ta manbadan iborat boʻlib, ularning asosiy qismi 2000-yildan soʻng chop etilgan.
I BOB FARMATSEVTIK MARKETING TADQIQOTLARI VA KORONAVIRUS PANDEMIYASINI OLDINI OLISHNING ASOSIY YOʻNILASHLARI Koronavirus infeksiyasi etiologiyasi, potogenizi, epidemiologiyasi va klinikasi Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BJSST) maʼlumotlariga koʻra, yuqumli kasalliklarning 80% ini virusli kasalliklar tashkil etadi. Viruslar (lot. Virus-“3ahap”) — haѐtning hujayrasiz shakllari boʻlib, faqatgina hujayra ichida koʻpaya olish xususiyatiga ega. Viruslar- nuklein kislota molekulali oqsildan tashkil topgan, himoya qobigʻi bilan oʻralgan genetik informatsiya tashuvchilardan iborat boʻlgan juda mayda tirik mavjudotlar hisoblanadi. Ularning asosiy xususiyati zararlangan aʼzolar hujayralarida parazitlik qilib koʻpayishidir. Bu viruslar odamlar va hayvonlar hujayralarining ichida koʻpayadi.Tabiatda bakteriyalar, oʻsimliklar, hayvonlar va odamlar hujayralarida parazitlik qilib 5 kelaѐtgan juda koʻp xilma xil viruslar maʼlum. Hujayralardagi viruslarning koʻpayishi natijasida organizm aʼzolari zararlanadi, baʼzida oʻlimga sabab boʻlishi ham mumkin. Viruslar tabiatda muntazam aylanib turganligi sababli doimo oʻzgarib turadi, yaʼni mutatsiyaga duchor boʻladi, buning natijasida viruslarning yangi-yangi turlari paydo boʻladi. Koronaviruslar — katta viruslar oilasi hisoblanib, odamlarda oddiy yalligʻlanishdan tortib zotiljam bilan kechadigan ogʻir oʻtkir respirator sindromini ham chaqirishi mumkin. Koronaviruslar RNK-saqlovchi, kattaligi 80-220 nm ga teng keladigan viruslardir. Koronaviruslarning 4 xil antigeni mavjud. Virusning tashqi qobigʻi vorsinkalar bilan qoplangan. Bu vorsinkalar orqali virus hujayraga birikadi (shuning uchun bu viruslar oilasi “Coronoviridae”- “tojsimon virus” deb nomlanadi). Viruslar yuqori nafas yoʻllari epiteliysining sitoplazmasida koʻpayadi. Bu virus hujayra ichiga kirgach 4- 6 soatdan keyin koʻplab virionlarni hosil qiladi. Koronaviruslar tashqi muhitga chidamsiz. Ular oʻzining tashqi qobigʻi bilan bemor qonidagi zardob tarkibidagi komplementni bogʻlab oladi. Serologik va filogenetik natijalariga koʻra koronaviruslar uchta oilaga boʻlinadi: Alphacoronavirus, Betacoronavirus va Gammacoronavirus. Koronaviruslarning deyarlik barchasining tabiiy yashash muhiti – sutemizuvchilar organizmidir, yaʼni koʻrshapalaklar, tuyalar va boshqa sutemizuvchilar. Hozirgi davrda odamlar populyasiyasida koronaviruslarning toʻrttasi (HCoV-229E, -0C43, -NL63 va HKV1) tarqalganligi maʼlum boʻlib bu viruslar yil davomida odamlarda oʻtkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 2020-yil 12-yanvarida yangi paydo boʻlgan koronavirusga “2019-nCoV” deb nom berildi. Bu koronavirus bir zanjirli RNK tutuvchi Betacoronavirus avlodiga mansub. 6 Yangi koronavirusga qarshi immunitetning davomiyligi va intensivligi toʻgʻrisida hozircha maʼlumotlar mavjud emas. Yangi koronavirus infeksiyasining patogenezi yaxshi oʻrganilmagan. Patogenezi. Yetarlicha oʻrganilmagan, bu virus katta ѐshdagi kishilarda yuqori nafas yoʻllarini, bolalarda esa oʻpka hamda bronxlarni zararlaydi. Baʼzi koronaviruslar (HECV-24 va HECV-25) gastroenterit kasalligining klinik belgilarini chaqiradi, kasallangan bolalar najasida ham topiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling