Qoraxoniylar davlati va uning ijtimoiy siyosiy hayoti X asrda turkiy qabilalar


Download 215.5 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2023
Hajmi215.5 Kb.
#1261208
1   2   3
Bog'liq
qoraxoniylar davlati

Movarounnahrning bosib olinishi
Somomniylar hukmdori Nuh II (976-997-yillar) bug‘roxonga qarshi shoshilinch qo‘shin jo‘natadi. Lekin u yengiladi. Qoraxoniylar Buxoroga qarab yuradilar. Shaharga kiraverishda ular somoniylar qo‘shinini tor-mor qiladilar. Nuh mamlakat poytaxti Buxoroni tashlab chiqadi va shahar 992-yili Bug‘roxon tomonidan jangsiz egallanadi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Bug‘roxon og‘ir kasallika chalinadi. U Qoshg‘arga qaytishiga majbur bo‘ladi va yo‘lda vafot etadi. Nuh yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmaydi.
996-yili qoraxoniylar hukmdori Buxoroga hujum boshlaydi. Nuh II somoniylarning g‘aznadagi noibi Sobuktekin yordamida qoraxoniylar bilan sulh tuzib, qoraxoniylarning Buxoroga xujumini bartaraf qiladi. Bitimga muvofiq Farg‘ona, Shosh hamda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimidagi yerlar to‘laligicha qoraxoniylar tasarrufiga o‘tadi.
997-yili somoniylar taxtiga oxirgi hukmdor Mansur ibn Nuh o‘tiradi. Ammo u hokimiyatda uzoq qolmaydi. 999 -yili qoraxoniy - eloq Nasr Buxoroni egallaydi. Somoniylarning Movarounnahrni qaytarib olishga urinishlari muvaffaqiyat keltirmaydi. Qoshg‘ardan Amudaryogacha bo‘lgan barcha yerlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kiradi.

BUXORO. MINORAI KALON.

Boshqaruv tizimi va siyosiy tarix
Qoraxoniylarning oliy hukmdori tamg‘achxonning qarorgohi dastlab Qoshg‘ar va Issiqko‘ldan uncha uzoq bo‘lmagan Chu daryosi bo‘yidagi Bolasog‘un shahrida edi. Davlat alohida uluslarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshliqlari eloqxon deb yuritilardi. Samarqand Movarounnahrning poytaxtiga aylanadi.
Qoraxoniylar Movarounnahrning ilgarigi boshqaruv tizimini amalda to‘laligicha saqlab qoldilar. Somoniylar devonlarining ko‘plab amaldorlari: vazirlar, hokimlar, raislar va muxtasiblar eloqxonlar xizmatiga o‘tadilar.
Somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat - Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlatli tashkil topadi. G‘aznaviylar davlatiga Sabuktekinning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy (998-1030-yillar) asos soladi. Afg‘onistondagi G‘azna shahri mazkur mamlakatning poytaxti edi. Qoraxoniylar g‘aznaviylarga qarshi ikki bor harbiy yurish qildilar. 1006-yili bo‘lgan dastlabki yurish muvaffiqiyatli yakunlanadi va qoraxoniylar qo‘shinlari raqibning ba’zi shaharlarini egallashga muvaffaq bo‘ladilar. 1008-yilda bo‘lgan ikkinchi yurish qoraxoniylarning mag‘lubiyati bilan tugaydi. Mahmud G‘aznaviy ularning qo‘shinini tor-mor keltiradi. G‘aznaviylar qo‘shinida 500 ta jangovar fil ham bor edi.
1040-yilgi Dandanakon (Janubiy Turkmaniston) yonida bo‘lgan jangda g‘aznaviylar saljuqiylar sulolasi qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilinadi. Saljuqiylar Turkmaniston hududida o‘z davlatlariga asos soladilar. Saljuqiylarning birinchi hukmdori To‘g‘rulbek bo‘ldi. Ular Eron, Ozarbayjon va Iroqni bosib oladilar. Yangi davlat hukmdorlari sulton unvoniga ega bo‘ladilar.


Download 215.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling