San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga Samolyot Origami, Svetofor, «Aybolit» ertagi asosida rasm chizish mavzulari asosidajamoaviy ishlar, aplikatsiya ishi rangli qog‘oz, rangli bo‘yoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
3-hafta mavzusi: “O‘yinlar shaharchasi”
Hafta davomida Dushanba kuni- Sog‘liq kuni, Seshanba kuni- Bizning o’yinlar, Chorshanba kuni- O’yinlar shaharchasida, Payshanba kuni- Tozalik kuni, Juma kuni- Xayot xavfsizligi kuni mavzulari asosida faoliyatlar olib borildi.
Qurish-yasash va matematika markazida: Bolalarga faoliyat davomida predmetlarni to‘g‘ri va teskari sanashni qurilish ashyolaridan Robot (lego) mavzusida yakka tartibda qurish-yasash va rasm xosil qilishni o‘rgatildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida: Bolalarga Poliklinika, Apteka, Quyosh va suv bayrami, Suv sepish, «Moydodor» ertagini saxnalashtirish, Syujetli rolli o‘yinlar uchun atributlar saxnalashtirish mavzulari asosida Rangbarang puffaklar, flomasterlar kabi resurslardan foydalangan holda o’yinlar shharchasi bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko‘nikmalarini orttirish, pufaklarning ranglarini farqlash, ranglar nomlarni bilishga ahamiyat berildi va o‘rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga O’yinlar haqida tushuncha beriladi, sog‘lom bo‘lishni xoxlayman!, Sog‘lom turmush tarzi haqida, Tozalik va gigiena haqida, Sog‘lig‘inga nimalar xavf solishi mumkin mavzular asosida, she’rlar, topishmoqlar yodlatildi va o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo‘yoqlar, va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga Mikroblar bilan kurashda yordamchilar, Suv bilan tajribalar mavzulari asosida tajribali faoliyatlar va mashg‘ulotlar o‘rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga Foydali va zararli ovqat, Sog‘lig‘inga nimalar xavf solishi mumkin mavzulari bo‘yicha bo‘yoqlar,mo‘yqalamlar, qalamlar, qog‘oz, qaychi, elim, plastilin kabi resurlardan foydalangan holda faoliyatlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |