Qorin bo’shlig’i a’zolarini paypaslash (yuzaki va chuqur)
Download 22.81 Kb.
|
Qorin bo’shlig’i a’zolarini paypaslash
Qorinni paypaslash. Qorinni paypaslash qorin devorini va qorin b`oshligidagi azolarni tekshirishda asosiy usul b`olib xisoblanadi. Yuzaki va chuqur paypaslashlar farqlanadi. Yuzaki paypaslash bemor yotganda va qorin devori b`oshashgan vaqtda bajariladi, unda quydagilar aniqlanadi:
1. Qorin devoridagi taranglashish darajasi, uning qarshiligi va rezistenligi, muskul ximoyasi; 2. Qorin devoridagi va qorindagi ogriq. 3. Qorin devorining anatomic holati (yog t`oplanishi, shish, churralar.) 4. Qorindagi a`zolarning kattalashshi va patologik uchoqlari. Yuzaki paypaslashda q`ol kafti qorin devoriga barmoqlar bilan qoyilib qorinni bosmasdan sirpanchiq harakat qildiriladi. Muskul qarshiligi qorin devori bosilganda paydo b`oladi, muskulning qisqarishi qorin boshligidagi a`zolar yalliglanishining muhim belgisi bolib hisoblanadi baz`an qorin muskulining taranglashishi va ogriq umrtqa shikaslanganda, buyrak kassaliklarida, diafragmal zotiljamda, o`pka yaliglanishida, orqa miya pastki k`okrak sigmentlari shikastlanishi natijasida b`olishi mumkin. Qorinni chuqur sirganchiq paypaslash usuli B.Obrazcov va N.D.Stajesko tomonidan ishlab chiqilgan ular quydagilar: 1.Qorin boshligidagi a`zolarni k`opini paypaslash mumkin. 2. A`zolarini topografik jihatdan ajratish mumkin. 3. A`zolaridagi patologik o`zgarishning aniqlash mumkin. 4. O`smalar, infiltratlar joylashgan o`choqni topish mumkin vahokazo. Paypaslash usulida qol barmoqlari qorin devori qoplagichidan o`tib qorin b`oshligiga chuqur bosiladi va a`zoning qorinning qatiq orqa devoriga siqadi, barmoq a`zoga yoki uning qirrasiga perpindikulyar xolda sirgantiriladi. Jigar va taloqni aniqlashda ularning harakatidan foydalangan xolda chuqur nafas olganda pastka qarab paypaslanadi. Paypaslash qorin devorini ehtiyotkorlik bilan qorinning orqa devoriga etkuncha bosib bajariladi. V.P.Obrazcov boyicha aniqlashning ahamiyati shundaki bu usulda qorin boshligini paypaslashda m`alum doimiy tartibni saqlashga etibor berilgan, shuning uchun bu usul “metodik paypaslash” nomini olgan. N.D.Strajesko a`zolarni quydagi paypaslashni tavsiya qilgan: sigmasimon ichak, k`orichak, yon bosh ichakning oxirgi b`olagi, chuvalchan simon o`simta, chambar ichakning yuqoriga kotariluvchi va pastka tushuvchi qisimlari, chambar ichak, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezi, taloq, buyraklarni ketma ket tekshirgan. Qorinni chuqur paypaslashda doim qattiy tartibga rioya qilish zarur, bu usulga “Obrazcov-Strajesko paypaslash usuli” nomi berilgan. Paypaslashni malum qoydalarga rioya qilgan xolda bajarish kerak. Bemor qattiq kushetkada yotishi va vrach ong tomonda bemorga qaragan xolda otirishi kerak, vrachni qoli illiq, yumshoq, tirnoqlari kalta qirqilgan bolishi kerak, paypaslash vaqtida a`zolarning nafas ekskursiyassidan foydalaniladi. Odatda paypaslash o`ng qol bilan bajariladi, bazan ikkala qol bilan paypaslanadi, bunda chap qol ong qolga yordam beradi. Bemor yostiqsiz gorizontal xolda yotishi kerak, muskullari, ayniqsa qorin muskullari b`oshashgan b`olishi zarur. Bemor togri, tinch, chuqur va ogizdan nafas olishi kerak. Qorin muskullari nafas olganda taranglashadi va nafas chiqarganda boshashadi, shuning uchun barmoq uchlari asta sekin, tohtab-tohtab faqat nafas chiqargan vaqtda xar gal 2-3 sm shuquralashishi kerak. Nafas olgan vaqtda barmoqlar dam oladi, chuqurlashishdan toqtaydi, lekin orqaga ham qaytshi mumkin emas. Bu vaqtda barmoq teri bilan sirganishi kerak, teri ustida emas. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling