Qos ni ta’minlash usullari
Differensiallashgan xizmatlar (Diffserv) arxitekturasi
Download 381.14 Kb. Pdf ko'rish
|
titulsiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- PHB– siyosat
1.3. Differensiallashgan xizmatlar (Diffserv) arxitekturasi
1998 yili IETF tashkiloti differensiallashgan xizmatlarni (diffserv Working Group) yaratish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirdi. Diffserv arxitekturaviy modelini intserv modelining trafikni kafolatli xizmat ko’rsatish sifati mexanizmi bilan trafikni kafolatsiz etkazish mexanizmini bog‘lab turuvchi ko‘prik bilan solishtirishi mumkin. DiffiServ mo‘deli differensialashgan trafikni har xil imtiyozli sinflarga bo‘lish yo‘li bilan ta’minlaydi. DiffServ (1.3 – rasm) yondoshuvining asosiy vazifasi IPv4 paket sarlovhasidan differensial xizmat (DS)ning xizmat ko’rsatish turini bayti (Type of Service-ToS)ni va IPv6 paketning trafik sinfi (Traffic Class) baytini aniqlash hisoblanadi. Mana shu belgilash har o‘tishda ma’lumotlar paketining xarakati to‘g‘risida qaror qabul qilishga bog‘liq, ya’ni har bir oraliq tugunda. Differensiallashgan xizmatlar arxitekturasi u xizmat ko‘rsatish sifatiga qo‘yilgan talablarga bog‘liq holda katta diapazondagi har xil takliflarni o‘zining mijozlariga berishi uchun xizmatlarni yetkazib berayotganlar foydalanishi mumkin bo’lgan boshlang’ich asosni ta’minlaydi. 1.3- rasm. DiffServ - domenning chegaraviy tugunlari tuzilishi 21 Mijoz xizmatlarni talab qilingan darajasini aniq bir ilovaning paketi uchun differensial xizmatning (DSCP) kod maydoning mos keluvchi qiymatini o’rnatish orqali tanlash mumkin. Differensial xizmatning kodi xizmatni etkazib beruvchi (PHB)ning tarmoqda har bir oraliq tugunida paketning xarakati to’g’risidagi echimlarning zanjirini aniqlaydi. PHB– siyosat bu - qadamma-qadam xizmat ko‘rsatishi siyosati bo‘lib, u differensiyal xizmatlarning kod maydon (DSCP)ini tegishli qiymati bilan paketlarga nisbatan tarmoq tugunining xolatini aniqlaydi. Trafik oqimining barcha paketlariga xizmat ko‘rsatish uchun o‘ziga xos talablari bilan o’zida har doim DSCP maydonidagi bitta qiymatni olib yuradi. Diffeserv – domenni ichidagi barcha tugunlar differensiallashga xizmatlarlarning kod maydonida saqlanayotgan qiymatga asosan paketga qo’llanilishi kerak bo’lgan PHB – siyosatni aniqladi. Diffeserv domenining chegaraviy tugunlari diffeserv – domeniga tushayotgan trafikni shakllantirish muhim funksiyasini bajaradi. Trafikni shakllantirish quyidagi funksiyalarni bajarilishini o’z ichiga oladi: - paketlarni tasniflash (DSCP maydoniga qiymat o‘rnatish); - trafikni cheklash. Trafikni shakillanishi diffserv – domenining kirish interfeysiga bajariladi. Shakillanish diffserv – domeniga tushayotgan trafikni boshqarishida muhim axamiyatga ega. Bunday xolat har bir paket uchun tarmoq unga mos bo’lgan PHB – siyosatni aniqlashi mumkin. 22 1.5- jadval. Differensiallashgan xizmatlarning arxitekturasini funksional bloklari Download 381.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling