Qos ni ta’minlash usullari


Download 381.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana04.04.2023
Hajmi381.14 Kb.
#1323829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
titulsiz

RSVP pratokoliBu protokol har bir oqimi uchun o‘zlarining QoS – talablari 
to‘g‘risidagi signallar uzatishga yordam beradi. Kirishni boshqarish maqsadida bu 
talablarning sonli tavsiflarini aniqlash uchun ishchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi. 
RSVP protokoli audio va videokonferensiya ilovalariga o‘hshash guruhli 
jo‘natishlarda qo‘llaniladi. RSVP protokoli multimedia trafigiga mo‘ljallangan bo‘lib, 
uning yordamida bir tomonlama trafik uchun o‘tkazish yo‘lagini oson zahiralash 
mumkin. Masalan tarmoq fayl tizimining trafigi uchun (Network File System - NFS) 
va VPN trafigini boshqarishida ishlatiladi. 


14 
RSVP protokoli tarmoqdagi kira olishli marshrutlangan yo‘l bo‘ylab 
resurslarning zahiralash to‘g‘risidagi so‘rovlarini signalizatsiyalab beradi (1.1– rasm). 
Shu asnoda RSVP o‘zining shaxsiy marshrutini ishlab chiqmaydi, yani teskarisi 
bo’ladi. 
Bu protokol boshqa yanada quvvatli marshrutlash protokollaridan foydalanish 
uchun ishlab chiqilgan. Har qanday boshqa IP – trafikda, ma’lumotlar va boshqaruv 
trafigi uchun yo‘lni aniqlashda RSVP tarmoqda qo‘llaniladigan marshrutlash 
protokoli bo‘lishi kerak. 
RSVP protokolining ishlashiIlovalarning ma’lumotlar oqimi nomidan tegishli 
QoS pog‘onasini tarmoqlardan so‘rash uchun oxirgi tizimlar RSVP protokolidan 
foydalanishadi. Oqimni uzatish uchun qo‘llanadigan RSVP - so‘rovlar har bir tugundan 
o‘tganda tarmoq bo‘ylab uzatiladi. RSVP protokoli har bir shu tugunlarda ma’lumotlar 
oqimi uchun resurslarni zahiralashga harakat qiladi. 
1.1- rasm. IntServ ning asosiy komponentlari 
RSVP – moslashgan marshrutizatorlar kerakli tayinlangan nuqtaga kerakli 
ma’lumotlar oqimini yetkazib berishga yordam beradi. 1.1- rasmda RSVP protokolni 


15 
qo‘llaydigan asosiy modullar, ma’lumotlar oqimi to‘g‘risidagi axborot va klient hamda 
marshrutizatorni oqimlarini boshqarishi to‘g‘risidagi axborotni tasviri keltirilgan. 
Resurslarni zahiralashdan avval, marshrutizatorning RSVP – demoni qarorni 
qabul qiluvchi ikkita kanal modullar bilan ulanadi – kira olishni boshqarish moduli 
(policy cantrol) va siyosatni boshqarish moduli (policy cantrol). 
Kira olishini boshqarish moduli - QoS pog‘onaning so‘rovini ta’minlash uchun 
tugun ozod resurslarga ega ekanligini aniqlaydi. 
Siyosatni boshqarish tuguni - foydalanuvchida zahiralashni olib borishga xuquq bormi 
yoki yo‘q ekanligini aniqlaydi. Agar birorta tekshiruvchi o‘tmasa, RSVP – demon, 
so‘rovni yaratgan ilovaning jarayoniga xato to‘g‘risida xabarni jo‘natadi. Agar ikkala 
tekshiruv ham normal holatda o‘tsa, RSVP – demon paketlarni tasniflash 
ko’rsatkichlarini va kerakli QoS pog‘onasini olish uchun paketlarni 
rejalashtiruvchini o‘rnatadi. Paketlarni tasniflovchi har bir paket uchun QoS sinifini 
aniqlaydi, paketlarni rejalashtiruvchi esa QoS sinfiga asoslanib paketlarni uzatishni 
boshqaradi. Navbatlarda vaznli adolatli navbat algaritmi (Weighted Fair Queing - 
WFQ) va ixtiyoriy oldindan aniqlangan og’irlik algaritmi (Weighted Random Farly 
Detection - WRFD) rejalashtirish pog‘onasida QoSni qo‘llashni ta’minlaydi. WFQ va 
WRFD algoritmlarini quyida ko‘rib chiqamiz. 
Kira olishni boshqarish moduli tomonidan qarorni qabul qilish jarayonida talab 
etilgan o‘tkazish yo’lagini zahiralashni faqat shunday holda bo‘ladiki, unda agar 
qolgan qismning talab etilgan trafik sinfi uchun yetarli bo‘lsa zahiralanadi, aks holda 
kira olishga so‘rov rad etiladi, lekin trafikning shu sinfi uchun jim turishi bo‘yicha 
aniqlangan xizmat ko‘rsatish sifati bilan baribir trafik uzatiladi. Ko‘p hollarda, bitta 
yoki bir nechta marshrutizatorlarda kira olishga agar so‘rov rad etilsa ham yuklama 
ortib ketgan marshrutizatorlarda zahiralashni o‘rnatib, ma’qul bo‘lgan xizmat 
ko‘rsatish sifatini yana modul amalga oshirib boraveradi. Shuning uchun boshqa 
ma’lumotlar oqimi, ular tomonidan buyurtirilgan o‘tkazish yo’lagidan to‘liq foydalana 
olishlari mumkin. 


16 
Zahiralash har doim bitta va faqat shu bitta manzilli yo‘l yoki ko‘p manzilli 
daraxt bo‘yicha davom ettirilishi kerak. Aloqa liniyasining ishdan chiqish holatida 
marshrutizator shu to‘g‘risida RSVP – demonga, u generatsiyalayotgan RSVP – 
xabarlar yangi yo‘l bo‘ylab uzatilishi uchun xabar berishi kerak. 
Zahiralashni o‘rnatish jarayonini beshta alohida qadamlarga bo‘lishi mumkin: 
1) Ma’lumotlarni jo‘natadiganlar RSVP boshqaruv xabarlarini, odatdagi 
trafikni ma’lumotlar bilan jo‘natadigan yo‘l bo‘ylab yuboriladi. Shu xabarlarda, 
jo‘natilgan yoki faqat hozirda jo‘natiladigan ma’lumotlar ta’riflanadi. 
2) Har bir RSVP – marshrutizator PATH – xabarlarni tutib oladi, avvalgi 
tayinlash nuqtasining IP – manzilini saqlaydi, uni o‘rniga shaxsiy manzilini 
yozdiradi va ilovalarning ma’lumotlari uzatiladi, yo‘l bo‘yicha yangilangan xabarni 
jo‘natiladi. 
3) Qabul qiluvchi – stansiyalar uchun PATH – xabarni ular qabul qilgan 
seanslar ko‘pligini tanlaydi va RSVP va RESV – xabarlar yordamida avvalgi 
marshrutizatorlardan resurslarni RSVP - zahiralashni so‘rab oladi. RSVP RESV – 
xabar qabul qiluvchidan RSVP PATH – xabarlar o‘tgan marshrut bo‘ylab teskari 
tomondagi yo‘nalishda yuboruvchiga ketadi. 
4) RSVP – marshrutizatorlar mana shu RESV – so‘rovlarni xotirada ushlashi 
mumkinmi yo‘qligini aniqlaydi. Agar ha degan javob bo‘lsa, u holda ular 
zahiralashga olingan so‘rovlarni yig‘adi va avvalgi marshrutizatorga so‘rovni 
jo‘natadi. 
5) Tegishli marshrutizatorlardan resurslarni zahiralashga so‘rovlarni qabul 
qilib, jo‘natuvchilar resurslarni zahiralash yakunlandi degan xulosaga keladi, ya’ni 
xaqiqiy resurslarni RSVP xabarlar tomonidan amalga oshirilgani tasdiqlanadi. 
RSVP – zahiralash mexanizmi sxematik ravishda 1.2 - rasmda ko‘rsatilgan. 


17 
1.2- rasm. Resurslarni zahiralashning RSVP mexanizmi 

Download 381.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling