Qos ni ta’minlash usullari


Oqimli video trafigi uchun talablar


Download 381.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana04.04.2023
Hajmi381.14 Kb.
#1323829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
titulsiz

Oqimli video trafigi uchun talablar: 
- oqimli video (bir manzilli yoki ko‘p manzilli jo‘natmalar) SS 4 deb 
belgilanishi kerak; 
- yo‘qolishlar 2 % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
- kechikish 4 – 5 soniyadan ko‘p bo‘lmasligi kerak (video ilovalarni 
buferga olish imkoniyatiga bog‘liq holda); 
- kechikishni tebranishiga muhim talab mavjud emas; 


12 
- o‘tkazish yo‘lagini kafolati bo‘yicha talab vieo oqimni kodlashtirish 
tezligining formatiga bog‘liq; 
- oqimli video odatda bir tomonlama bo‘ladi. Shu sababli uzoqdagi 
filiallarni filialdan markazga yo‘naltirishda marshrutlarni sozlash shart emas; 
- video oqimning ko‘ngil ochar turi uchun DSCP CS 1 deb belgilash 
mumkin va ular uchun CBWFQ (Internet/scavenger sinfi ishlatiladi) navbatida 
o‘tkazish yo‘lagining minimum kafolati talab etiladi. 
Keyingi yillarda multimeda trafiklarining jadallik bilan o‘sishi ma’lumot 
uzatish tarmoqlarini ishlatishida jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. 
Ovoz, video va ma’lumotlarni uzatish trafikda ularga xizmat ko‘rsatishda har 
xil talablarni qo‘yadi. Shu sababli ma’lumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va 
ularda muammolarni yuzaga kelishi xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash masalasi 
dolzarb hisoblanadi. 
1.4– jadval. 
QoSni ta’minlash tavsifi 
Ko‘rsatkich 
IntServ 
DiffServ 
IntServ 
QoSni ta’minlash usuli 
Zahiralash 
Imtiyozlash 
Zahiralash, 
imtiyozlash 
Qo‘shimcha protokollarni 
ishlatish lozimligi 
RSVP 
Yo‘q 
RSVP 
Marshrutizorlarni 
unumdorligiga talab 
Yuqori 
Past 
O‘rta 
Tarmoqni kengaytirish 
samaradorligi 
Yuqori emas 
Yuqori 
Yuqori 


13 
Turli ishlab 
chiqaruvchilarning 
qurilmalarini 
moslashuvchanligi 
O‘rta 
Yuqori 
O‘rta 
Sifatni ta’minlashni 
kafolatligi 
Yuqori 
O‘rta 
Yuqori 
Realizatsiya xarajatlari 
Yuqori 
Past 
O‘rta 
Hozirgi kunda ma’lumot uzatish tarmoqlarida 
xizmat ko‘rsatish sifatini 
ta’minlashning turli usullari mavjud. U yoki bu texnologiyani tanlash xizmat 
ko‘rsatish sifatining talabiga bog‘liq. Taqdim etilayotgan xizmatning sifati 
foydalanuvchilarning talabini qondira olishi kerak. 
Integrated Service (IntServ, RFC 1633) bu – xizmat ko‘rsatishning 
integratsiyalangan modeli. Kerakli o‘tkazish qobiliyatini kafolatlagan holda to‘liq 
(End-to-End) xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashi mumkin. IntServ o‘zining maqsadi 
uchun RSVP signalizatsiya protokolidan foydalanadi. Bu esa ilovalarni resurslarga 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri talab qo‘yishini ifodalashga yordam beradi va o‘zida shu talablarni 
ta’minlash mexanizmlarini qamrab oladi. IntServ qisqacha resurslarni zahirlash deb 
atash mumkin (Resource reservation). 

Download 381.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling