Qos ni ta’minlash usullari


 Video xabarlarni uzatish uchun xizmat ko‘rsatish sifati


Download 381.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana04.04.2023
Hajmi381.14 Kb.
#1323829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
titulsiz

1.2. Video xabarlarni uzatish uchun xizmat ko‘rsatish sifati 
 
Multiservis tarmoqlarida televideniya eshittiruvlarini va xizmatlarini 
integratsiyalashuvi servis provayderlar uchun qator muammolarni yuzaga keltirdi. 
Video (xususan, so‘rov bo‘yicha video), ko‘p kanalli televideniya eshittiruvi va HDTV 
tarmoqni ovoz va videoga qaraganda katta resurslarni talab qiladi. 
Video ma’lumotlarga nisbatan QoS ning turli xildagi talablariga ega. Xatto 
internet tarmog’ida eng yaxshi talab qilingan ilovalar ham mavjud kechikishlar 
(djitter)ni qandaydir paketlarni yo‘qotish bilan yengishi mumkin. Faqat IP ustidan 
video (ATM) 10
-9
diapazonda minimal paketlarni yo‘qolishi uchun aniq talabga ega. 
Amaliyotda paketlar faqat tarmoqning o‘ta yuklanishi sharitida tashlab yuborilishi 
mumkin. 
Video ilovalarining ikki asosiy turi mavjud: interaktiv video (masalan: 
videokonferensiya) va oqimli video (masalan: IPTV, bir manzil yoki ko‘p manzil 
bo‘yicha uzatilishi mumkin). 
XEAI va IETF tavsiyanomalarini taxlili asosida video xabarlarni uzatish uchun 
QoS tavsiflarini asosiy talablarini umumlashtiramiz. 
1.3– jadvalda har xil standartli video xabarlarni uzatish tezligiga talablar keltirilgan. 
1.3–jadval. 
Har xil standartli video xabarlarni uzatish tezligiga talablar 
Sifat 
Usul yoki standart 
Uzatish tezligi, 
Mbit/s 
Siqish 
Sifat 
videokonferensiyasi 
H.261 
0.1 
Ha 
VCR sifat 
MPEG-1 
1.2 
Ha 
Teleuzatish sifati 
MPEG-2 
2 dan 4 gacha 
Ha 
Raqamli televideniya sifati 
Siqishsiz 
ITU-R601 
166 


11 
Siqish bilan 
MPEG-2 
3 dan 6 gacha 
Ha 
Siqish bilan 
H.264/MPEG
-4 
2 dan 4 gacha 
Ha 
1.3–jadval davomi 
HDTV 
siqishsiz 
CD-DA 
2000 
Siqish bilan 
MPEG-2 
25-34 
Ha 
Siqish bilan 
H.264/MPEG-4 
15-30 
Ha 
Interaktiv videoni sozlashda quyidagilar tavsiya qilinadi. 
- interaktiv video trafik AF41 deb belgilanishi kerak; 
- yo‘qolishlar 1 % dan kam bo‘lishi kerak; 
- bir tomonlama kechikish 150 ms dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
- kechikishni tebranishi 30 ms dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
- minimal 
kafolatli o‘tkazish yo‘lagi (LLQ) videokonferensiya 
sessiyasining hajmiga 20 % ko‘pi bilan teng bo‘lishi kerak. 
Videokonferensiya G.711 audio kodekiga ega. Unda mos keluvchi ovoz trafigini 
yo‘qolishiga, kechikishga, kechikishlarni tebranishiga talab mavjud. Video trafik ovoz 
trafigidan katta farq qiladi. Masalan, videokonferensiya trafigi o‘zgaruvchan hajmdagi 
paketlarni va o‘zgaruvchan tezlikli paketlarni uzatadi. 
Videokonferensiya tezligi – video oqimlarni kadrga solish tezligi. 

Download 381.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling